Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Moddiy-texnika resurslari narxlarining ancha oshib borayotganligi hamda respublika yoʻl xoʻjaligi xodimlarining tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
belgilab qoʻyilsinki, 1992-yilning 1-oktabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashga mablagʻlar quyidagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi:
jamoa va davlat xoʻjaliklari, sanoat, transport, qurilish va boshqa korxonalarning, xoʻjalik tashkilotlari, kooperativlar va kichik korxonalarning joriy yilda mahsulot ishlab chiqarish amaldagi hajmidan bir foiz miqdorida;
tayyorlov, savdo korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan, “Oʻzbeksavdo” uyushmasining umumiy ovqatlanish va ulgurji tashkilotlarining taʼminot-sotish tashkilotlarining joriy yildagi — amaldagi oborotidan 0,1 foiz miqdorida.