Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son
qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlarining moddiy taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 6-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
1.
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Budjet tashkilotlarining alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Budjet tashkilotlari xodimlari faoliyatini baholashning tarmoq reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik shaxsiy ustamalar toʻlanishi mumkin:
70 balldan 80 ballgacha toʻplaganlarga — 50 foiz;
80 balldan 90 ballgacha toʻplaganlarga — 100 foiz;
90 balldan 100 ballgacha toʻplaganlarga — 200 foiz”.
3. 7-bobning
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7-bob. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish”.
“21. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
22. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlariga ushbu Nizomning 4-bobida nazarda tutilganlardan tashqari qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda solingan jarimalar boʻyicha tushumlar summasidan foizlar nisbatida amalga oshiriladi;
Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan jarimalar boʻyicha tushumlar summasidan foizlar nisbati tegishli mansabdor shaxslarga solingan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining bankdagi hisobvaragʻiga 100 foiz tushishi taʼminlanishi sharti bilan ushbu jarimalar darajasiga bogʻliq ravishda, biroq 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadi”.