Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 30-son, 630-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Quyidagi shaxslar kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga muvofiq emas deb topiladi hamda ushbu lavozimni egallashi mumkin emas:
oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
kamida besh yillik ish tajribasiga, shu jumladan kredit amaliyoti bilan bogʻliq yoʻnalishda kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslar;
ijro organi aʼzosi, kuzatuv kengashi aʼzosi yoki hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) sifatida yoxud boshqa usulda oʻzi tomonidan nazorat qilingan yuridik shaxsni harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida bankrotlik va majburiy likvidatsiya holatiga olib kelgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar.”.
3.
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Kredit byurosi Kredit byurolarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda unga litsenziya beriladi.”.
4.
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 20, 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.”.