1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida taʼlim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida oliy taʼlim muassasalarida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishida taʼlim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarning oʻz kasbiy va badiiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
691-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga 1-ILOVA
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi (keyingi oʻrinlarda — davlat stipendiyasi) respublika davlat oliy taʼlim muassasalarining dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari boʻyicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari boʻyicha), amaliy sanʼat (turlari boʻyicha), dizayn (turlari boʻyicha), sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlarining oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi.
2. Davlat stipendiyasi davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Badiiy akademiya) tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi.
3. Davlat stipendiyasi kvotasi quyidagi taʼlim yoʻnalishlarining har biri boʻyicha bittadan alohida-alohida taqsimlanadi:
dastgohli rangtasvir;
rangtasvir (turlari boʻyicha);
grafika va miniatyura;
haykaltaroshlik (turlari boʻyicha);
amaliy sanʼat (turlari boʻyicha);
dizayn (turlari boʻyicha);
sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha).
Ushbu roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har oʻquv yili boshida taʼlim yoʻnalishlaridagi ustuvorliklarni oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda Badiiy akademiya tavsiyasiga binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
4. Davlat stipendiyasini tayinlash ushbu Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Baholash mezonlari
5. Davlat stipendiyasini tayinlash quyidagi talablar boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq baholash mezonlariga asoslanadi:
a) dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari boʻyicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari boʻyicha), amaliy sanʼat (turlari boʻyicha), dizayn (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha:
oliy taʼlim muassasasidagi tahsil davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etganligi;
soha boʻyicha xalqaro va respublika darajasidagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligi;
oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi.
b) sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha:
oliy taʼlim muassasasidagi tahsil davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda yakka mualliflikda maqolalar chop etganligi;
soha boʻyicha xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi;
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligi;
oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi.
3-bob. Davlat stipendiyasiga talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqish
6. Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashiga quyidagilarni taqdim qiladi:
a) dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari boʻyicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari boʻyicha), amaliy sanʼat (turlari boʻyicha), dizayn (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha:
viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar, diplom nusxalari, shaxsiy koʻrgazma haqidagi fotosuratlar;
soha boʻyicha xalqaro va respublika darajasidagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtirokini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar, sertifikatlar nusxalari va erishgan natijalarini koʻrsatuvchi diplomlar nusxalari, tadbirlar fotolari;
turli festivallar, simpoziumlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirokini tasdiqlovchi diplomlar, sertifikatlar nusxalari, maʼlumotnomalar, tadbirlar fotolari;
reyting daftarchasidan yoki talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimidan yuklab olingan koʻchirma;
dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
ijodiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
soha boʻyicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;
oʻqish davrida erishgan boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi;
b) sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha:
respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar nusxalari;
xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va erishgan natijalarini tasdiqlovchi diplom, sertifikatlar nusxalari, ilmiy maqolalari nusxalari;
turli festivallar, simpoziumlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirokini tasdiqlovchi diplomlar, sertifikatlar nusxalari, maʼlumotnomalar, tadbirlar fotolari;
reyting daftarchasidan yoki talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimidan yuklab olingan koʻchirma;
dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar roʻyxati;
soha boʻyicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;
ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, sohaga doir koʻrsatuvlardagi ishtirokini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar, koʻrsatuvlar nusxalari, ilmiy va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etilgan ilmiy-ommabop, publitsistik maqolalari nusxalari;
oʻqish davrida erishgan boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Barcha hujjatlar yigʻmajildga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada talabgor tahsil oladigan oliy taʼlim muassasasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
7. Davlat stipendiyasini tayinlash uchun nomzodlar koʻrsatish talabgorlarning oʻquv va ijodiy (ilmiy) faoliyati mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlari orqali baholangan holda davlat oliy taʼlim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Ilmiy kengashlar qarori, nomzodlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlar bir hafta muddatda oliy taʼlim muassasalarining veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Ilmiy kengashlarning qarorlari tizimida davlat oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning Badiiy akademiyaga davlat stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisida tavsiyanomalarni joʻnatishi uchun asos boʻladi.
Badiiy akademiyaga davlat stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisida tavsiyanomalar har yili 1-iyulgacha yetkaziladi.
9. Badiiy akademiya davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish muddati — har yili 10 — 25-iyul.
10. Badiiy akademiya davlat stipendiyasiga talabgorlar orasidan munosibini tanlab olish maqsadida Badiiy akademiya raisining buyrugʻi bilan 9 — 15 nafar aʼzodan iborat Ekspert guruhi tuziladi.
Ekspert guruhi tarkibi Badiiy akademiyaning haqiqiy aʼzolari, Oʻzbekiston xalq rassomlari, xalq ustalari, Badiiy ijodkorlar uyushmasining aʼzolari, soha boʻyicha yetuk mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar hamda Badiiy akademiya xodimlaridan shakllantiriladi.
Nomzodlarni saralash jarayonlarida toʻlaqonli shaffoflikni taʼminlash hamda kelgusida korrupsiya omillari kelib chiqishining oldini olish maqsadida dastlabki saralashda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari tarkibiga kirgan, shuningdek, nomzod bilan qarindoshlik, ustoz-shogirdlik aloqalari boʻlgan mutaxassislarning Ekspert guruhi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Ekspert guruhining huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:
a) Ekspert guruhining huquqlari:
zaruratga koʻra tegishli vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalarining mutaxassislarini jalb etadi;
vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalaridan nomzodlar toʻgʻrisida zarur axborotlarni oladi;
oʻz vakolatlari doirasida mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
b) Ekspert guruhi aʼzosi:
Ekspert guruhi ishida qatnashish hamda nomzodlarning hujjatlarini har tomonlama adolatli, shaffof va xolisona koʻrib chiqishga;
Ekspert guruhi tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashishga;
koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan nomzodlar hujjatlari boʻyicha ushbu Nizom talablari boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etishga;
ushbu Nizom talablariga rioya qilishga majburdir.
12. Ekspert guruhi talabgorlarning har biri boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Ekspert guruhi yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda oʻtkazilgan hisoblanadi. Mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlariga koʻra har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabgor davlat stipendiyasiga tavsiya etiladi.
Ekspert guruhining qarori Badiiy akademiya raisining buyrugʻi bilan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Ekspert guruhi yigʻilishida tegishli vazirliklar va idoralarning vakillari kuzatuvchi sifatida taklif etilishi mumkin.
13. Badiiy akademiya raisining buyrugʻi davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalariga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Davlat stipendiyasi 1-sentabrdan boshlab bir oʻquv yili muddatiga belgilangan miqdorga muvofiq tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi. Bunda takroran ishtirok etayotgan nomzodning oldin taqdim etgan hujjatlari inobatga olinmaydi.
14. Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalarga Badiiy akademiya raisining buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasi beriladi.
Guvohnoma shakli Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Guvohnoma talabalarga Badiiy akademiya tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
15. Davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar bakalavriat bosqichini tamomlaganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.
16. Davlat stipendiyasi sohiblari oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng bir yil mobaynida magistraturada oʻqishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishida ustunlikka ega boʻlish huquqini saqlab qoladilar.
17. Talabalarni kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomi va oliy taʼlim muassasalari ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun oʻquv yili mobaynida davlat stipendiyasidan mahrum qilish tizimida davlat oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimnomalariga binoan Badiiy akademiya Ekspert guruhining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
18. Davlat stipendiyasi uchun tanlov oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun Badiiy akademiyaning haqiqiy aʼzolari, Oʻzbekiston xalq rassomlari, xalq ustalari, Badiiy ijodkorlar uyushmasining aʼzolari, soha boʻyicha yetuk mutaxassislar va professor-oʻqituvchilardan kamida 7 kishidan iborat apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibi Badiiy akademiya raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Norozilik (apellatsiya) arizalari tanlov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Norozilik (apellatsiya) arizalarini koʻrib chiqishda apellatsiya komissiyasi nomzodlarning barcha hujjatlarini mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida har tomonlama oʻrganadi.
Nomzodlarning norozilik (apellatsiya) arizalarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;
qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.
Nomzodlarning apellatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Ekspert guruhi aʼzolarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ekspert guruhi aʼzosi apellatsiya jarayonida qatnashish va oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshirish mexanizmi
Bajarish muddati
1-bosqich
Talabgor
Davlat stipendiyasiga hujjatlarni dastlabki koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashiga taqdim etish.
har yili 1-iyunga qadar
2-bosqich
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari
Davlat stipendiyasiga talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish.
har yili 15-iyunga qadar
3-bosqich
Oliy taʼlim muassasalari
1. Ilmiy kengashlar qarori, nomzodlar hamda ularning erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni oliy taʼlim muassasalarining veb-saytlarida eʼlon qilish.
2. Ilmiy kengashlarning qarorlariga asosan talabgorlarning hujjatlarini boʻysinuvi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etish.
har yili 25-iyunga qadar
4-bosqich
Tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar
Badiiy akademiyaga talabgorlarning yigʻma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarni joʻnatish.
har yili 1-iyulga qadar
5-bosqich
Badiiy akademiya
1. Talabgorlarning yigʻma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni koʻrib chiqish.
har yili 10 — 25-iyul
2. Talabgorlarga davlat stipendiyasini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqni qabul qilish hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga yetkazish.
har yili 10-avgustga qadar
3. “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi” guvohnomasini tantanali ravishda topshirish.
har yili 20-avgustga qadar
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash boʻyicha baholash
MEZONLARI
T/r
Baholash obyekti
Ball
1.
Dastgohli rangtasvir, rangtasvir (turlari boʻyicha), grafika va miniatyura, haykaltaroshlik (turlari boʻyicha), amaliy sanʼat (turlari boʻyicha), dizayn (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha baholash mezonlari
jami 100 ball
a)
oliy taʼlim muassasasidagi tahsil davrida viloyat, respublika va xalqaro miqyosidagi shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etganligi:
25 ballgacha
xalqaro miqyosidagi shaxsiy koʻrgazmasi uchun
12 ballgacha
respublika miqyosidagi shaxsiy koʻrgazmasi uchun
8 ballgacha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosidagi shaxsiy koʻrgazmasi uchun
5 ballgacha
b)
soha boʻyicha xalqaro va respublika darajasidagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi:
35 ballgacha
xalqaro darajadagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli oʻrinni olganligi uchun
15 ballgacha
xalqaro darajadagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun
10 ballgacha
respublika darajasidagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlarda sovrinli oʻrinni olganligi uchun
7 ballgacha
respublika darajasidagi koʻrgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun
3 ballgacha
v)
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligi:
25 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 95 — 100 foizgacha boʻlganda
12 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 90 — 95 foizgacha boʻlganda
8 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 86 — 90 foizgacha boʻlganda
5 ballgacha
g)
Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi:
15 ballgacha
xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
10 ballgacha
respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
5 ballgacha
2.
Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha) yoʻnalishlari boʻyicha baholash mezonlari
jami 100 ball
a)
oliy taʼlim muassasasidagi tahsil davrida respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallarda yakka mualliflikdagi maqolalar chop etganligi:
25 ballgacha
xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun
15 ballgacha
respublika miqyosidagi ilmiy jurnallardagi maqolalari uchun
10 ballgacha
b)
soha boʻyicha xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi:
35 ballgacha
xalqaro darajadagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardamaʼruza bilan ishtirok etganligi uchun
10 ballgacha
xalqaro darajadagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun
9 ballgacha
respublika darajasidagi koʻrgazmalarda kuratorlik qilganligi uchun
7 ballgacha
respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyenalle, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardamaʼruza bilan ishtirok etganligi uchun
6 ballgacha
respublika darajasidagi ilmiy konferensiya, seminar, festival, simpozium, biyennale, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardaishtirok etganligi uchun
3 ballgacha
v)
oʻquv jarayonida mutaxassislik fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirganligi:
25 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 95 — 100 foizgacha boʻlganda
12 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 90 — 95 foizgacha boʻlganda
8 ballgacha
oxirgi oʻquv yilidagi jami aʼlo baholar 86 — 90 foizgacha boʻlganda
5 ballgacha
g)
Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi:
15 ballgacha
xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
10 ballgacha
respublika ommaviy axborot vositalaridagi chiqishi uchun
5 ballgacha
Izoh. Har bir mezon boʻyicha qoʻyilgan talablarning nufuzi, soni, sifati va mazmunidan kelib chiqqan holda ball miqdorlari belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 691-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 21-modda):
a) Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (1-ilova) 10-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
b) Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarining (2-ilova) “Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar” ustuni 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyalari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/691/1474-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)