toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TAShQI SAVDONI MARKAZLAShTIRIShDAN VA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI DAVOM ETTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning markazlashtirilishiga barham berish va uning asosan nodavlat tuzilmalari tomonidan tijorat asoslarida amalga oshirilishiga oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini (qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qarorining 2-bandiga qisman oʻzgartirish kiritilib, “Oʻzoziqovqatimpeks” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “Interaloqa” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “Oʻzdonimpeks” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini, “Oʻzagroimpeks” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasini tugatish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda tugatish komissiyasini tuzsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida bir hafta muddatda ishchi komissiyasini tuzsin va oziq-ovqat tovarlari importi boʻyicha 1995-yil uchun tuzilgan kontraktlar va bitimlarning, shuningdek, ularga aloqador hujjatlarning:
qand-shakar, choy, oʻsimlik moyi boʻyicha – “Oʻzbeksavdo” uyushmasining “Baqqollik” respublika aksionerlik birlashmasiga;
goʻsht-sut mahsulotlari boʻyicha – “Oʻzbeksavdo” uyushmasining “Goʻshtsutsavdo” respublika savdo-ishlab chiqarish birlashmasiga;
oziq-ovqatbop va embop don boʻyicha – “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimiga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi 10 kun muddatda korporatsiya tarkibida “Oʻzdon” tashqi savdo firmasini tashkil etsin, uning zimmasiga don mahsulotlarining markazlashtirilgan importini taʼminlash vazifasini yuklasin, “Oʻzdon” firmasi Ustavini tasdiqlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa firmaga tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi zarur hujjatlarning rasmiylashtirilishini tezlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida tovarlar va xizmatlarni markazlashtirilgan tartibda eksport va import qilish boʻyicha davlat tashqi savdo birlashmasi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etilayotgan birlashma Ustavini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bir oy muddatda xalqaro normalarga muvofiq, ilgari qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini nazarda tutgan holda, kreditor banklar va xorijiy firmalar bilan qarz bitimlari va kontraktlarini qayta rasmiylashtirsinlar.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi eng zarur mahsulotlar importi va markazlashtirilgan eksport boʻyicha mahsulot yetkazib berishlarning bajarilishiga doir muntazam hisobotni joriy etsinlar va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim qilsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlari importini oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi esa markazlashtirilgan eksportdan valyuta mablagʻlarining oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ishdan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirishni taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-aprel,
120-son