1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Avtomototransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
687-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-noyabrdagi 687-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibi Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasi 1 — 3-toifalarida koʻrsatilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilariga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
“4. DYHXX organlarida dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega boʻlgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 50 va undan ortiq kilometr boʻlgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”.
a) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining roʻyxatida koʻrsatilgan 1 — 3-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qoʻyilishi mumkin.
Bunda, ushbu toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich narxlari mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq belgilanadi”;
b) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari auksionga qoʻyilgan kundan boshlab olti oy mobaynida sotilmagan (xaridorlar mavjud boʻlmagan) taqdirda vakolatli organ tomonidan:
1 va 2-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining boshlangʻich narxlari bir pogʻonaga avtomatik ravishda tushirilib (harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqamlari bundan mustasno), mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlangʻich narxlarda auksionga qoʻyiladi;
4 — 6-toifadagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari auksiondan olinib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxda kunlik shakllantiriladigan oshkora roʻyxat asosida umumiy tartibda realizatsiya qilinadi. Realizatsiyadan kelib tushgan mablagʻlar roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini auksion oʻtkazish yoʻli bilan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tartibida taqsimlanadi”;
v) Nizom quyidagi mazmundagi 2a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarning talablariga asosan xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan 1 — 3-toifadagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich
NARXLARI
T/r
ROʻDRB* raqam kombinatsiyalari
Istalgan harf kombinatsiyalari uchun toʻlov stavkalari (BHMda**)