toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993-YIL 23-DEKABRDAGI 608-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-sonli “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining sugʻurta himoyasini takomillashtirish va ishning pirovard natijalaridan ularning manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
qarorning nomidagi, kirish qismidagi, 1, 4, 6-bandlaridagi, shuningdek, 1-ilovaning sarlavhasidagi “jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshi “qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili” soʻzlaridan keyin “(bogʻlar va uzumzorlar hosilidan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “bir marta” soʻzlari “ikki marta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda tegishli normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritsin.
3. Mazkur qaror 1995-yilning 1-aprelidan boshlab amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-aprel,
116-son