Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 10-iyundagi 368-son
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
1-bandidagi “radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar boʻlgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli boʻlmagan moddalar;” degan soʻzlar “radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.