OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-son buyrugʻi (roʻyhat raqami 2608, 2014-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 424-modda) bilan tasdiqlangan Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“muassasada jazo muddatini oʻtayotganlar orasida uyushgan guruh tashkil etish yoki yetakchilik qilishga moyilligi mavjud boʻlgan mahkumlarning muassasada oʻrnatilgan tezkor vaziyat barqarorligiga salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida;”.
2.
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Mahkumlarni davolash huquqi asosidagi koloniyalarga va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarga oʻtkazish soqchi, zarurat boʻlganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda, uni koloniyadan yoki turmadan davolash huquqi asosidagi koloniyaga yoki mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga oʻtkazishga tibbiy xulosa asosida yoʻl qoʻyiladi.”.
3. 14-bandning
birinchi xatboshisidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasasida” degan soʻzlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyada yoki mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
16-banddagi “ixtisoslashgan davolash muassasasiga” degan soʻzlar “davolash huquqi asosidagi koloniyalarga va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.