Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
HARBIY VA MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI OʻTAB BOʻLGAN ShAXSLARNI QUROLLI KUChLAR, ChEGARA VA IChKI QOʻShINLAR SAFLARIDAN ZAXIRAGA BOʻShATISh VA FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY VA MUQOBIL XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRISh TOʻGʻRISIDA
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlar saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1968 — 1977-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1995-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.