Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining
5-ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2001-yil 11-iyuldagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining avia yoʻlovchilari hisobidagi chet el fuqarolariga tranzit vizalarini rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1056, 2001-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.