Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 659-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
“a” kichik bandga “I — III choraklar yakunlari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, moliya yili yakunlariga koʻra hosil boʻlgan boʻsh qoldiqlar” soʻzlari qoʻshilsin;
“b” kichik bandga “mablagʻlar qoldiq holati” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, daromadning oshirib bajarilgan prognoz koʻrsatkichlari va moliya yili yakunlari boʻyicha hosil boʻlgan boʻsh qoldiqlar yigʻindisi” soʻzlari qoʻshilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlari, boʻlinmalari va muassasalarida rejalar (“yoʻl xaritalari”) tadbirlarini va boshqa muhim loyihalarni moliyalashtirish”;
“seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, sport musobaqalari, estafetalar, turnirlar, treninglar, yoshlarni tarbiyalash boʻyicha tadbirlar (shu jumladan, amaliy va texnik turlar boʻyicha toʻgaraklar tashkil etish, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qoʻshimcha oziq-ovqat hamda kiyim-kechak va oyoq kiyim bilan taʼminlashni tashkil etish) shuningdek, madaniy-ommaviy va boshqa tantanali tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish”;
7-bandning
birinchi xatboshisidagi “yakunlari” soʻzi “, shuningdek, moliya yili yakunlariga koʻra hosil boʻlgan boʻsh qoldiqlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.