Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 17-mh-son “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2953, 2017-yil 6-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 11-dekabr, 49-son, 1204-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.