1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MARKAZIY OSIYO XALQLARI MADANIYATI ASSAMBLEYaSI XALQARO JAMOATChILIK HARAKATINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari oʻrtasida madaniyat, maʼrifat, til, ilm-fan va maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan oʻzaro hamkorlikning tobora rivojlanib borayotgani hamda ushbu mintaqa ziyolilari va keng jamoatchilikning murojaatlarini inobatga olib, xalqlarimiz oʻrtasidagi qadimiy doʻstlik va maʼnaviy birlikni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatining xalqlarimizning mushtarak boy anʼanaviy merosini avaylab-asrashga, adabiyot, sanʼat, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlarini dunyoga tanitish, bu sohada yangi imkoniyatlarni izlab topish va targʻibot ishlarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyat dasturi maʼqullansin.
2. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida uning Jamgʻarmasi tuzilgani va Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgani inobatga olinsin.
3. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi va vazifalari:
Assambleya dasturini amalga oshirishga, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga mintaqa va boshqa mamlakatlardagi sarmoyadorlarni jalb qilish, oʻz Nizomi doirasida ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat, tijorat, turizm va noshirlik ishlari bilan shugʻullanish;
Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy birligi gʻoyasini ulugʻlash, ilmiy, madaniy-maʼrifiy aloqalarini takomillashtirish, tinchlik va osoyishta hayot yoʻlida doʻstlik, hamjihatlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash;
buyuk ajdodlarimizning asrlar mobaynida yaratilgan va noyob maʼnaviy mulkimizga aylangan merosi — mushtarak milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asrash, boyitish, mustaqillik manfaatlari yoʻlida keng targʻib qilish;
yosh avlodning mushtarak anʼanalarga hurmat va sadoqat, istiqlol tufayli qayta uygʻongan oʻzlikni anglash, milliy gʻurur, mehr-oqibat, yaqin qoʻshnichilik va birodarlik tuygʻularini yurak-yurakdan his etishi, mintaqada tinchlik va osoyishtalik bunyodkorlari, porloq istiqbol ijodkorlari boʻlib kamol topishi uchun saʼy-harakat koʻrsatish;
muntazam ravishda madaniyat, adabiyot, sanʼat, folklor, milliy hunarmandchilik, bolalar ijodi kabi sohalar boʻyicha xalqaro festivallar, anjumanlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazish, Assambleyaning turli mukofot va sovrinlarini joriy etish, shu orqali ijod ahli va ziyolilarni shonli tarixi, byetimsol buguni, yorqin kelajagi bir boʻlgan qon-qardosh xalqlarning azaliy va abadiy hamkorligini ulugʻlovchi badiiy barkamol, yuksak insonparvarlik ruhidagi oʻlmas asarlar yaratishga ilhomlantirishdan iborat ekanligi eʼtiborga olinsin.
4. Jamgʻarmaning taʼsischilari va homiylari, turli tashkilotlar, korxonalar va jamoatchilikning uni moddiy-maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
8. Toshkent shahar hokimligi (K.Toʻlaganov) bir oy muddatda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi xalqaro jamoatchilik harakatining qarorgohi hamda Jamgʻarma uchun alohida bino ajratsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 179-son qarori tahririda)
9. Ommaviy axborot vositalariga Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.