Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son)
ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq.”.
2.
7-ilovadagi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi mazkur qoʻshimchalarning
1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 5-ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalarning
2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 13-ilova bilan toʻldirilsin.
4. Ushbu qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.