1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
3.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZIQ-OVQAT TOVARLARINING NARXLARINI B0ShQARISh HAMDA ChORVA MOLLARI VA SUTNING XARID NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat tovarlarining ancha qimmatlashganligi, yoqilgʻi-energetika resurslari, asbob-uskunalar va chorva ozuqalari narxlarining oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 19-oktabridan boshlab ayrim oziq-ovqat tovarlarining cheklangan chakana narxlari miqdorlari 1-ilovaga muvofiq hamda tirik vazndagi chorva mollari va sutning cheklangan xarid narxlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzparrandasanoat” birlashmasining tuxumning xarid va chakana narxlarini shartnomaviy (erkin) narxlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur qarorning ilovalariga muvofiq chakana va xarid narxlarining yangi preyskurantlarini, shuningdek, qayta baholash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlasin.
3. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar va tashkilotlar 1992-yil 19-oktabrdagi holatiga koʻra mahsulotlar qoldigʻini qayta baholab chiqsinlar, bunda qayta baholash summasi teng ulushlarda 746-son budjetdan tashqari schyotga va oʻz oborot mablagʻlari normativini koʻpaytirishga qoʻshib qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda cheklangan chakana narxlarda sotiladigan oziq ovqat mahsulotlarining ulgurji narxlarini ikki hafta muddat ichida qayta koʻrib chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-iyuldagi 324-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qarorining 1-bandidagi 4-xatboshidan “tuxum” soʻzi chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 16-oktabr,
475-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 475-son qaroriga 1-ILOVA
Belgilangan norma boʻyicha aholiga sotiladigan hamda ishlab chiqarish, talabalar, maktablar oshxonalari va bufetlarini taʼminlash uchun oziq-ovqat tovarlari oʻrtacha chakana narxlarining ChEKLANGAN MIQDORLARI