1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RMON FONDI YERLARIDA OVChILIK XO‘JALIGINI TAShKIL ETISh VA YuRITISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi hududida ovchilik xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish, hayvonot dunyosini nazorat qilish, qo‘riqlash va takroriy ishlab chiqarishni kuchaytirish, mo‘yna va baliq etishtirishni, yovvoyi qushlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi huzurida to‘la xo‘jalik hisobi asosida Ovchilik xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi (Ovchilik bosh boshqarmasi)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ovchilik xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar bosh boshqarmasining xodimlari soni 22 kishidan, yillik ish haqi fondi 1379 ming so‘mdan iborat qilib belgilansin, ularning 1173 ming so‘mi tasarrufidagi korxonalarning ajratmalari hisobidan va 206 ming so‘mi ovchilik xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar bo‘limining 3 kishidan iborat xodimlarini saqlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining Qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaligi boshqarmasi zimmasiga quyidagilar yuklatilsin:
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
dasturlar, chizmalar, muhofaza qilish loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, hayvonot dunyosi va uning yashash muhitidan foydalanish va uni tiklash;
o‘rmon fondi yerlarida hayvonlarni muhofaza qilishni ta’minlash;
davlat ovchilik xo‘jaliklari tashkil etish va ularni boshqarish;
hayvonlarning davlat hisobi va ularning olib qo‘yilishi hajmlari hisobini amalga oshirish, hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga uning tasarrufidagi ov qilinadigan yerlarda hayvonlarni ovlashga ruxsatnomalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda o‘rmon fondi yerlarida ov qilinadigan yerlarni hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga biriktirib qo‘yish;
(xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 136-son qarori tahririda)
Qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaligi boshqarmasiga g‘ayriqonuniy ovchilik oqibatida yetkazilgan zarar uchun da’vo qilish hamda hayvonot dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ariza berish huquqi berilsin.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga zaharli ilonlar va boshqa qimmatbaho hayvonlar (shu jumladan, baliqlar) saqlanadigan va ko‘paytiriladigan serpentariylar, pitomniklar, hayvonot fermalarini hamda mo‘ynachilik, shuningdek, ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan, sotadigan sexlarni tashkil etishga, xorijiy ovchilik turizmi bo‘yicha qo‘shma korxonalar ochishga ruxsat berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qarori tahririda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi qo‘riqxonalar va zakazniklarda ilmiy faoliyatni takomillashtirish va muvofiqlashtirish tadbirlarini ishlab chiqsinlar, bunda nodir va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar, hayvonlar va parrandalar turlarini saqlab qolishga, ovchilik xo‘jaligini oqilona boshqarish maqsadida ovlanadigan hayvonlar sonini qayta tiklashga alohida e’tibor bersinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddat ichida me’yoriy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgarishlar to‘g‘risida taklif kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV