1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish test sinovini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumtaʼlim fanlaridan (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim fanlari) bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;
2021/2022 oʻquv yili qabulidan boshlab tegishli umumtaʼlim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilsin.
2. Belgilansinki, umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari boʻyicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari boʻyicha;
2022 — 2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari boʻyicha.
Umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarini tashkil etish va umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan taʼlim sifatini baholash boʻyicha tashkilot tomonidan amalga oshirilsin.
3. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat taʼlim standarlariga mos ravishda hamda taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari boʻyicha davlat namunasidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini belgilovchi Umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyat yuritadigan xalqaro taʼlim tashkilotlarini jalb qilgan holda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻqitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va koʻnikmalarni baholash markazi” nodavlat taʼlim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Bunda “Bilim va koʻnikmalarni baholash markazi” nodavlat taʼlim tashkilotining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro eʼtirof etilgan taʼlim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
umumiy oʻrta taʼlimda berilayotgan bilim va koʻnikmalar sifatini tizimli baholash uchun nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;
taʼlim sifatini baholash boʻyicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga koʻra saralash, qabul qilish va yakuniy imtihonlarni oʻtkazish;
taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi taʼlim litsenziyalari va sertifikatlarini joriy etish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-oktabr,
646-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga 1-ILOVA
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish tartibini belgilaydi.
2. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimida ishtirok etish uchun talabgordan undiriladigan toʻlov Davlat test markazining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga tushadi.
Sertifikat test sinovi natijasi boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.
3. Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlariga muvofiq shakllantiriladigan pedagogik oʻlchov vositalari asosida test sinovlari yordamida baholanadi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat taʼlim standarlariga mos ravishda hamda taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Test sinovlari abituriyentlarning tayyorgarlik darajasini tizimli va asosli baholash uchun yaratilgan, turli shakl va qiyinlik darajasidagi parallel topshiriqlar tizimini nazarda tutadi.
2-bob. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini tashkil etish tartibi
5. Umumtaʼlim fanlari boʻyicha test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyori), baholash mezonlari, test sinovining oʻtkazilishi muddatlari, shuningdek, talabgor tomonidan toʻldiriladigan ariza shakli Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abituriyentlar maʼlumotlari va arizalarini roʻyxatga olish tizimi” orqali elektron ariza berib roʻyxatdan oʻtadi.
7. Roʻyxatdan oʻtish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti boʻlmagan taqdirda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
3,5 x 4,5 sm oʻlchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda).
Talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.
Talabgor toʻlovni amalga oshirgandan soʻng u roʻyxatdan oʻtgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Qayd etilgan hujjatlardan birortasi mavjud boʻlmasa, tizim hujjatlarni qabul qilishni rad etadi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga talabgorning oʻzi shaxsan javobgar hisoblanadi.
8. Davlat test markazi tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsga doir maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
10. Talabgorning test sinovida belgilangan oʻtirish oʻrni Davlat test markazi tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
11. Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da oʻtkazilishi mumkin. Test sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi.
Imtihon komissiyasi yozma yoki ogʻzaki test sinovlari belgilanganda shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
Test sinovi tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterda oʻtkazilganda bilimni baholashning barcha boʻlimlari qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
12. Test sinovi Davlat test markazi masʼul xodimining rahbarligida va kuzatuvida oʻtkaziladi.
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor oʻtiradi. Test sinovini oʻtkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
13. Test sinovini oʻtkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
14. Test sinoviga jalb etilgan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
15. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida video qayd etish qurilmalari orqali tekshirishdan oʻtgach test sinoviga qoʻyiladi.
16. Test sinovi oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday qoʻllanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qatʼiyan man etiladi. Test sinovini oʻtkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy taʼsir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan soʻng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatnoma bilan chetlashtiriladi. Chetlashtirish dalolatnomasi imtihon komissiyasi raisi va Davlat test markazining test sinovini kuzatib boruvchi masʼul xodimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Davlat test markaziga test sinovlari oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi taʼminlanadi yoki toʻlangan toʻlov toʻliq miqdorda talabgorga qaytariladi.
20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlovning 50 foiz miqdori qaytariladi.
21. Test sinovi oʻtkazilishi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumtaʼlim fanidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
4-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi
22. Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Davlat test markaziga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
23. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan 5 yoki 7 nafar Davlat test markazi xodimlari (umumiy komissiya aʼzolari sonining oʻttiz foizidan oshmagan holda) va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Imtixon komissiyasi aʼzolari kiritilmaydi.
Apellyatsiya ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
24. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi qarori bilan test natijalari oʻzgartiriladi.
Apellyatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
25. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
5-bob. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning davlat namunasidagi sertifikatini berish tartibi
26. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrugʻi asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
pasport maʼlumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon berilganligi) yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari (tartib raqami, guvohnomaning kim tomonidan va qachon berilganligi);
Davlat test markazining sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga 2-ILOVA
(tavsifi)
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilish darjasini baholash toʻgʻrisida sertifikat A4 formatdagi oq qogʻozga ofset usulida bosiladi. Bunda beshta rangdan foydalaniladi: qora rang — matn uchun, yashil, koʻk, qizil ranglar — rasmlarni tasvirlash uchun, och jigarrang — fon uchun. Varaqning yuqori qismida 25 mm diametrda Davlat gerbi joylashtirilgan.
Varaqning qolgan qismiga davlat tilida lotin yozuvida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI. UMUMTAʼLIM FANINI BILISH DARAJASINI BAHOLASH TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat olti raqamli tartib raqamiga egadir.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumtaʼlim fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “chet tillarini” soʻzlari “umumtaʼlim fanlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning 3-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3) umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish sohasida:
xalqaro eʼtirof etilgan baholash standartlari asosida umumtaʼlim fanlari boʻyicha test topshiriqlari tuzilmasini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
umumtaʼlim fanlarini bilish va egallash darajasini aniqlash boʻyicha xalqaro eʼtirof etilgan baholash standartlari talablariga muvofiq toʻlov asosida test sinovlarini oʻtkazish;
rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga tayangan holda umumtaʼlim fanini bilish koʻnikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
oylik ish haqiga ustama belgilangan umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarini koʻp komponentli test sinovlaridan oʻtkazish;
umumtaʼlim fanlarini bilish darajasiga davlat namunasidagi sertifikatni berish;
umumtaʼlim fanlaridan test sinovlaridan oʻtuvchi shaxslar uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish;
rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtirish;
test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda taʼlim muassasalariga va boshqa muassasalarga metodik yordam koʻrsatish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, taʼlim turi, taʼlim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tugʻilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, taʼlim olgan taʼlim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) raqami, belgilangan tartibda berilgan imtiyozlari haqida maʼlumot (agar ushbu imtiyozlar boʻyicha hujjatlar mavjud boʻlsa) hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot, oʻqitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish”.