toggle_night_mode
Hujjat 09.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
“Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y. 10-son 62-modda) bilan tasdiklangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga:
a) quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi”;
b) oʻn birinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi O.O. Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-oktabr,
634-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 09/20/634/1361-son)