toggle_night_mode
Hujjat 08.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish, oʻqitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda ijodkorlik muhitini yaratish, professor-oʻqituvchilarning kasbiy ravnaqini ragʻbatlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 8-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-oktabr,
629-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktabrdagi 629-son qaroriga
ILOVA
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.5-bandning birinchi xatboshisidagi “taʼlim sohalari” soʻzlari “bilim sohalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 31, 34, 36, 38 va 41-bandlardagi “taʼlim sohasi” soʻzlari “bilim sohasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi oʻtkaziladigan bilim sohalari va taʼlim sohalari guruhlari

T/r

Bilim sohalari

Tanlov oʻtkaziladigan taʼlim sohalari guruhlari

1.

Gumanitar soha

Pedagogika.

Gumanitar fanlar;

Sanʼat.

Matematika;

Tabiiy fanlar.

2.

Ijtimoiy, iqtisod va huquq sohasi

Sotsiologiya va psixologiya;

Jurnalistika va axborot;

Iqtisod;

Huquq.

3.

Ishlab chiqarish-texnik soha

Muhandislik ishi;

Arxitektura va qurilish.

Ishlab chiqarish texnologiyalari.

Kompyuter texnologiyalari va informatika;

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari.

4.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi;

Qishloq xoʻjaligida menejment;

Qishloq xoʻjaligi texnikasi;

Veterinariya;

Irrigatsiya va melioratsiya.

5.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohasi

Sogʻliqni saqlash;

Ijtimoiy taʼminot.

6.

Xizmatlar sohasi

Xizmat koʻrsatish;

Transport;

Atrof-muhit muhofazasi;

Hayotiy faoliyat xavfsizligi.

”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2020-y., 09/20/629/1359-son)