1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-sentabr,
590-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-sentabrdagi 590-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3a-ilovaga muvofiq”;
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 280-son qaroriga 3a-ILOVA
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom 2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan parvarish qilinayotgan “merinos” zotli qoʻy hamda “angor” zotli echkilardan qirqib olinib, qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — hunarmandlar va tashkilotlar) sotilgan jun uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
subsidiya — chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan “merinos” zotli qoʻy hamda “angor” zotli echkilar yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar oʻrnini qisman qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan pul mablagʻi;
chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjalik — ”merinos” zotli qoʻy hamda “angor” zotli echkilarni parvarish qilish, takror koʻpaytirish hamda jun yetishtirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
subsidiya oluvchilar — ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarni parvarish qilib, qirqib olingan junni hunarmandlar va tashkilotlarga sotadigan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
3. Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga “merinos” zotli qoʻy hamda “angor” zotli echkilardan qirqib olinib, hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm jun uchun davlat tomonidan ikki ming soʻmdan subsidiya ajratiladi.
2-bob. Subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantirish tartibi
4. Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — tuman komissiyasi) kalendar yilning 1-mayiga qadar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kelgusi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi hamda tasdiqlagan holda Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — viloyat komissiyasi) kiritadi.
5. Viloyat komissiyasi kalendar yilning 5-mayiga qadar subsidiya oluvchilar roʻyxatini umumlashtirib, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
6. Agentlik viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni besh ish kunida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agentlik tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni uch ish kunida belgilangan tartibda koʻrib chiqib tasdiqlaydi hamda ijro uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligiga yuboradi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan koʻrsatkichlardan kelib chiqib subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
9. Agentlik subsidiya ajratish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga yil davomida haqiqiy holatdan kelib chiqib tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi mumkin.
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
10. Subsidiya oluvchi “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echki junini hunarmandlar va tashkilotlarga sotgandan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
“merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echki junini sotishda toʻldirilgan oldi-sotdi shartnoma, hisobvaraq-faktura raqami va toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
“merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echki juni sotilgan hunarmand yoki tashkilot nomi hamda uning soliq toʻlovchi sifatidagi identifikatsiya raqami (STIR);
subsidiya oluvchining tijorat banki va undagi hisobvaragʻi boʻyicha maʼlumotlar.
Taqdim etilgan ariza tuman komissiyasi kotibi tomonidan qabul qilinadi hamda qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda ariza nusxasi subsidiya oluvchiga qaytariladi. Subsidiya oluvchilarning arizalari tikilgan va muhrlangan jurnalga tuman komissiyasi kotibi tomonidan qayd etiladi va yangilanib boriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va xaqqoniyligi uchun subsidiya oluvchilar javobgar hisoblanadi.
11. Subsidiya oluvchining arizasi tuman komissiyasi tomonidan uch ish kunida koʻrib chiqiladi.
Tuman komissiyasi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida uch nusxada xulosa qabul qiladi va shu kunning oʻzida oʻz xulosasi haqida subsidiya oluvchini xabardor qiladi.
Agar subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilingan taqdirda, subsidiya oluvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga ariza bilan qayta murojaat qilsa, arizalar tuman komissiyasi tomonidan uch ish kunida koʻrib chiqiladi.
Subsidiya ajratish va ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda, xulosaning birinchi nusxasi murojaat egasida va ikkinchi nusxasi tuman komissiyasida saqlanadi.
12. Tuman komissiyasi subsidiya oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasini unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya berish toʻgʻrisidagi xulosani bir ish kunida viloyat komissiyasiga yuboradi.
13. Viloyat komissiyasi tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan subsidiya oluvchining hujjatlarini koʻrib chiqadi va subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasini unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya berish toʻgʻrisidagi xulosani ikki ish kunida Agentlikka yuboradi.
14. Subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
15. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
jun sotilgandagi elektron hisobvaraq-faktura koʻrsatilmasa yoki koʻrsatilgan raqamning haqqoniyligi tasdiqlanmasa;
junni sotib olgan subyekt qoʻlda gilam toʻqish faoliyati bilan shugʻullanmasa;
ariza taqdim etgan subyektda “merinos” zotli qoʻy yoki “angor” zotli echki mavjud boʻlmasa.
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
17. Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Subsidiyani ajratish tartibi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan soʻng subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda Agentlikka oʻtkazib beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobi Agentlikda ochiladigan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
19. Agentlik viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ikki ish kunida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Bunda moliya yili yakuni boʻyicha Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Subsidiya berish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti ajratilgan subsidiyalar maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Tasdiqlayman”
______________ tuman (shahar) komissiyasi raisi _____________________________ (F.I.O.)
20__ y “_____” ________________
____________tumanida (shahrida) 20__ yilda “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish prognozi
T/r
“Myerinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarni yetishtiruvchi xoʻjaliklar nomi
“Myerinos” zotli qoʻylar
bosh soni (bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
“Angor” zotli echkilar bosh soni
(bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
Qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotiladigan jun
(kg)
Subsidiya
berish prognozi
(ming soʻm)
1.
2.
Tuman (shahar) boʻyicha jami:
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Tasdiqlayman”
______________ viloyati komissiyasi raisi ____________________________ (F.I.O.)
20__ y “_____” ________________
____________ viloyatida 20__ yilda “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish prognozi
T/r
“Myerinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarni yetishtiruvchi xoʻjaliklar nomi
“Myerinos” zotli qoʻylar
bosh soni (bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
“Angor” zotli echkilar bosh soni
(bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
Qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotiladigan jun
(kg)
Subsidiya
berish prognozi
(ming soʻm)
_______________ tumani (shahri)
1.
2.
Tuman (shahar) boʻyicha jami:
_______________ tumani (shahri)
1.
2.
Tuman (shahar) boʻyicha jami:
Viloyat boʻyicha jami:
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“Tasdiqlayman”
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori ___________________________ (F.I.O.)
20__ y “_____” ________________
Respublikada 20__ yilda “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish prognozi
T/r
“Myerinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarni yetishtiruvchi xoʻjaliklar nomi
“Myerinos” zotli qoʻylar
bosh soni (bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
“Angor” zotli echkilar bosh soni
(bosh)
Qirib olinadigan jun
(kg)
Qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotiladigan jun
(kg)
Subsidiya
berish prognozi
(ming soʻm)
_______________ viloyati
1.
2.
Viloyat boʻyicha jami:
_______________ viloyati
1.
2.
Viloyat boʻyicha jami:
Respublika boʻyicha jami:
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“Tasdiqlayman”
_______________ tuman (shahar) komissiyasi raisi ____________________________ (F.I.O.)
20__ y “______” _________________
XULOSA
_______________ viloyati _______________tumani (shahri)dagi subsidiya olishga talabgor _________________ ning 20___ yil _______________dagi murojaati va taqdim etilgan hujjatlar tuman(shahar) komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi:
T/r
“Myerinos” zotli qoʻy va “Angor” zotli echkilarni yetishtiruvchi xoʻjaliklar nomi
“Myerinos” zotli qoʻylar
bosh soni
(bosh)
Qirib olingan jun
(kg)
“Angor” zotli echkilar
bosh soni
(bosh)
Qirib olingan jun
(kg)
Qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan jun
(kg)
Subsidiya
berish prognozi
(ming soʻm)
1.
2.
Tuman (shahar) boʻyicha jami:
YAKUNIY XULOSA
________ viloyati ________ tumani (shahri)dagi _____(tashkilot nomi)_____ ga jami _______ ming soʻm miqdorida subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.*
________viloyati ________ tumani (shahri)dagi _____(tashkilot nomi)_____ga quyidagilarga, jumladan ______________ga asosan subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emas deb topildi.**
*) Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topilganda, maqsadga muvofiq emas deb topish toʻgʻrisidagi xatboshi chiqarib tashlanadi.
**) Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, maqsadga muvofiq deb topish toʻgʻrisidagi xatboshi chiqarib tashlanadi va maqsadga muvofiq emas deb topish toʻgʻrisidagi xatboshida mazkur Nizomga muvofiq rad etish sabablari toʻliq koʻrsatiladi.
Komissiya aʼzolari:
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
Imzo/muhr
F.I.O.
Tuman davlat soliq inspeksiyasi vakili
Imzo/muhr
F.I.O.
Tuman statistika boʻlimi vakili
Imzo/muhr
F.I.O.
Tuman moliya boʻlimi mudiri
Imzo/muhr
F.I.O.
Tuman agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Imzo/muhr
F.I.O.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
Imzo/muhr
F.I.O.
hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili
Imzo/muhr
F.I.O.
2021 — 2023-yillarda chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan qoʻlda gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga ular tomonidan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
I. Subsidiya ajratish prognoz parmetrlarini shakllantirish sxemasi
I bosqich
Tuman komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari)
Subsidiya oluvchilar roʻyxati shakllantiriladi va tasdiqlangan holda viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.
Kalendar yilining 1-mayga qadar
II bosqich
Viloyat komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari )
Tuman komissiyasitomonidan taqdim etilgan susbsidiya oluvchilar roʻyxati umumlashtirilib “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga taqdim etiladi.
Kalendar yilining 5-mayiga qadar
III bosqich
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi
Viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat umumlashtirilib Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Besh ish kunida
IV bosqich
Vazirlar Mahkamasi
“Oʻzbekchorvanasl” agentlik tomonidan taqdim etilgan roʻyxat koʻrib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro uchun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligiga yuboriladi.
Uch ish kunida
V bosqich
Moliya vazirligi
Subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlar belgilangan tartibda “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga oʻtkazib beriladi.
Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanagandan soʻng
II. Subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish sxemasi
I bosqich
Subsidiya oluvchi
“Merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echki junini hunarmandlar va tashkilotlarga sotgandan soʻng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
“Merinos” zotli qoʻy va “angor” zotli echki junini hunarmandlar va tashkilotlarga sotganda
II bosqich
Tuman komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari)
Subsidiya oluvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqiladi va belgilangan shaklda uch nusxada subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
Uch ish kunida
III bosqich
Tuman komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari)
Tuman komissiyasi tomonidan subsidiya ajratish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda subsidiya oluvchini qabul qilingan xulosa toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xulosa qabul qilingan kunda
IV bosqich
Tuman komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalari)
Subsidiya oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasi, unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya ajratish toʻgʻrisida qabul qilingan xulosa viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.
Bir ish kunida
V bosqich
Viloyat komissiyasi (Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalari)
Subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan ariza nusxasini unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya berish toʻgʻrisidagi xulosani ikki ish kunida “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga yuboradi.
Ikki ish kunida
VI bosqich
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi
Viloyat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi va subsidiya mablagʻlari subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Ikki ish kunida
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 09/20/590/1332-son)