1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2149-10]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-sentabr,
202-mh-son
Kelishildi:
Rais D.R. AShUROV
2020-yil 21-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-sentabrdagi 202-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-banddagi “davlat notarial idorasida (keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi)” degan soʻzlar “notarial idorada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“3. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajor boʻlishi mumkin. Bunda stajorning stajirovkaning tugash muddatida yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmasligi inobatga olinishi lozim.”;
“notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida”
“Davlat notarial idorasi notariusining stajori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajori Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi hududiy boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Notarial palataning hududiy boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan tanlab olinadi.”.
“6. Stajorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan notarius tayinlanadi. Bunda, navbat asosida va qoida tariqasida, bir notariusga bitta stajor biriktiriladi.
Davlat notarial idorasi notariusi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius sifatida faoliyatini qayta tashkil etganda, stajirovka oʻtash muddati yakunlanmagan notarius stajori stajirovka oʻtashni ushbu xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius rahbarligida davom ettiradi.”.
“9. Stajirovka oʻtalishini oʻrganish, umumlashtirish va nazorat qilish adliya boshqarmasi va Notarial palataning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.”.
“10. Davlat notarial idorasi notariusining stajorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, davlat notarial idorasi notariusining stajorligiga nomzod tomonidan tegishli hududdagi adliya boshqarmasiga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning stajorligiga nomzod tomonidan esa, Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Notarial palataning hududiy boshqarmasi nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlar nusxasini tavsiyanomaga ilova qilgan holda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusga yuboradi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius tomonidan notarius stajorini ishga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Notarial palataning hududiy boshqarmasi notarius stajorini ishga qabul qilishni rad etishiga asos nomzodning mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga mos kelmasligi hisoblanadi.”.
“d) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”;
e) mehnat daftarchasining ish joyidan yoki notarial tasdiqlangan nusxasi yoxud yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma;”.
“12. Davlat notarial idorasi notarius stajorini ishga qabul qilishda fuqaroning hujjatlari kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.”.
“13. Davlat notarial idorasiga stajorlikka qabul qilish tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Ushbu buyruq bilan stajirovka rahbari ham tayinlanadi. Buyruq chiqarish uchun stajor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajorini ishga qabul qilish tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasining tavsiyasiga asosan ushbu boshqarma tomonidan biriktirilgan notariusning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.”.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil oʻtmagan boʻlsa, olti oy muddat stajirovka oʻtaydi.”;
“17. Davlat notarial idorasi notarius stajorining shaxsiy ishi tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasida, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajorining shaxsiy ishi esa, tegishliligi boʻyicha Notarial palataning hududiy boshqarmasida yuritiladi.”.
“18. Stajorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish, stajirovkaga rahbar notariusning litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi kabilar) koʻra stajirovkaning maʼlum muddati oʻtalmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻiga yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasining tavsiyasiga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki stajor boshqa notarius huzurida stajirovka oʻtash uchun biriktirilishi mumkin.”
“19. Davlat notarial idoralarida stajorlar mehnatiga belgilangan tartibda tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi tomonidan haq toʻlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius stajorining mehnatiga unga rahbar etib tayinlangan notarius tomonidan haq toʻlanadi.”.
15. 21-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi rahbari tomonidan tegishliligi boʻyicha stajorning oʻzlashtirishi lozim boʻlgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni oʻzida mujassamlashtirgan stajirovka oʻtash rejasi (keyingi oʻrinlarda reja deb yuritiladi) tasdiqlanadi va ushbu reja asosida stajorlar oʻz vazifalarini amalga oshiradi.”.
16. 22-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. 25-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Stajorning stajirovka oʻtash davrida amalga oshirgan ishlari hamda rejalarning bajarilishi yuzasidan tegishliligi boʻyicha adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning hududiy boshqarmasi tomonidan har chorakda bir marta monitoring olib boriladi.”.