toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA DAVLAT DON INSPEKSIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Respublikada don etishtirishning koʻpayganligi, uni saqlash va qayta ishlashning moddiy-texnik bazasi kengayganligi munosabati bilan, shuningdek gʻalladan oqilona foydalanish hamda mamlakat ichkarisida xarid qilishda va import boʻyicha olib kelishda uning sifati ustidan tegishli davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining Respublika Davlat don inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“Oʻzdavdoninspeksiya”) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
4. “Oʻzdavdoninspeksiya” xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar va mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
7. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda meʼyoriy hujjatlarni va donni saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
8. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda 3 oy muddatda “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining barcha korxonalarida ishlab chiqarish-texnologiya laboratoriyalarining zarur priborlar, asbob-uskunalar va inventarlar bilan butlanganligini, shuningdek attestatsiya guvohnomalarining mavjudligini tekshirishdan oʻtkazsin.
9. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Oʻzdavstandart” markaziga donga amaldagi davlat standartlarini qayta koʻrib chiqish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bir oy muddatda taklif kiritsin.
10. Belgilansinki, “Oʻzdavdoninspeksiya” apparati va uning hududiy organlari joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida “Oʻzdavdoninspeksiya” xarajatlari, shuningdek uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur inventarlar, priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga budjetdan ajratiladigan zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ni va uning hududiy organlarini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan markaziy apparat rahbarlari uchun hukumat ATSi aloqasi bilan taʼminlasin.
13. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Respublika Davlat don inspeksiyasi balansida boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga tekin bersin.
14. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga xizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ga 3 ta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
15. Respublika Davlat don inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga 1-ilovadan chiqarilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-noyabr,
377-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 269-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 22-23-son, 266-modda)