Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3073, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/3073/1977-son) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalarining
46-bandidagi “Axborot markazlari” degan soʻzlar “Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)lari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.