

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4970014" id="onLBC-4970014">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18918"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;</span></div><div id="LBC7312"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4970014" id="onLS-4970014">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4970794" id="-4970794">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4970795" id="-4970795">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4970803" id="-4970803">Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4970807" id="-4970807"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970811" id="-4970811">Mamlakatimizda oliy taʼlimning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarida oʻqitishni hududlarda tashkil etish, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovini oshirish, oliy taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, talabalarni oʻqishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga raqamli va pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970814" id="-4970814">Shu munosabat bilan, yoshlarning ilgʻor pedagogik texnologiyalar yordamida taʼlim olishi uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratish, hududda iqtisodiyot va qurilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash salmogʻini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970819" id="-4970819">1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Andijon shahrida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970821" id="-4970821">2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970823" id="-4970823">hududning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda iqtisodiyot va qurilish sohasi boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970825" id="-4970825">xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970828" id="-4970828">oʻquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970829" id="-4970829">amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini roʻyobga chiqarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970831" id="-4970831">iqtisodiyot va qurilish sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, xorijiy ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970834" id="-4970834">yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik gʻoyalariga sadoqat ruhida, maʼnaviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarash va fikrlash xususiyatlariga ega boʻlgan shaxs etib tarbiyalash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970836" id="-4970836">xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb etish orqali respublika uchun istiqbolli boʻlgan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970839" id="-4970839">3. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970841" id="-4970841">Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970844" id="-4970844">Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970846" id="-4970846">Institutda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970849" id="-4970849">2020/2021 oʻquv yili uchun Institutga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970851" id="-4970851">2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970854" id="-4970854">4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970856" id="-4970856">Institut tuzilmasi oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini taʼminlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970858" id="-4970858">Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970862" id="-4970862">Institutni tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970865" id="-4970865">Institutda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970867" id="-4970867">belgilangan tartibda Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini va roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970869" id="-4970869">Institut axborot-resurs markazini qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970871" id="-4970871">5. Respublika oliy taʼlim tizimidagi mavqeyi, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan anʼanalarini inobatga olgan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutiga quyidagi yoʻnalishlarda Institutga koʻmak berib borish vazifasi yuklansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970874" id="-4970874">salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda taʼlim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970875" id="-4970875">taʼlim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970879" id="-4970879">taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970882" id="-4970882">darslik, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-uslubiy materiallar va axborot resurslari bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970884" id="-4970884">professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970887" id="-4970887">ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970890" id="-4970890">6. Andijon viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Andijon viloyati, Andijon shahar, Navoiy shoh koʻchasi, 15a-uy manzilida joylashgan Andijon xizmat koʻrsatish va servis texnikumi bino va inshootlarini Institutga operativ boshqarish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970893" id="-4970893">7. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970898" id="-4970898">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970914" id="-4970914">toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970915" id="-4970915">xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970918" id="-4970918">jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970924" id="-4970924">xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5990060" id="edi-5990060"><a href="/mact/-4970014?ONDATE=27.08.2020 00#-4970925">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5990060" id="-5990060"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5990061" id="-5990061">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5990062" id="-5990062">(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5941113">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970927" id="-4970927">8. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970930" id="-4970930">a) mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2021-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970932" id="-4970932">b) Institutning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970935" id="-4970935">tashkil etilgan kundan boshlab zarur saqlash xarajatlari, jumladan, maʼmuriy boshqaruv, texnik va oʻquv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970938" id="-4970938">Institutga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970939" id="-4970939">9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga binoan 2022-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970941" id="-4970941">Bunda, Institutda talabalar soni oshishini inobatga olib, 1200 oʻrinli oʻquv binosi va 400 oʻrinli talabalar turar joyini qurish loyihalari nazarda tutilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970944" id="-4970944">10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutni salohiyatli professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli sohalar boʻyicha 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab magistraturada va 2022-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970948" id="-4970948">11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda respublikadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Institutda onlayn maʼruza oʻtkazish hamda masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan taʼminlash, shuningdek, Institutni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970950" id="-4970950">12. Andijon viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilarni xizmat uylari bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970952" id="-4970952">13. Institutga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970954" id="-4970954">14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4970957" id="-4970957">15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4970960" id="-4970960">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4970961" id="-4970961">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4970964" id="-4970964">2020-yil 26-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4970965" id="-4970965">516-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4970805" id="-4970805">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/516/1225-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
