1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORIDA INVESTORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 2001-yil 19-sentabrdagi 193 (2755)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
263-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 174-modda)