toggle_night_mode
Hujjat 20.08.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Mediatorlarni tayyorlash dasturiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3134-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134, 2019-yil 31-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 10/19/3134/2554-son) bilan tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash dasturiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” ― “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-avgust,
183-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 183-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Mediatorlarni tayyorlash dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 ― 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kurslari professional mediatorlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Mediatsiya markazi, professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
2. Maxsus oʻquv kurslarida taʼlim olish kunduzgi shaklda shartnoma asosida 72 soatdan koʻp boʻlmagan oʻquv kurslari boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Maxsus oʻquv kurslarida oʻqish uchun fuqarolar Markazlarga ariza bilan bevosita oʻzlari kelgan holda yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.”.
2. 4-banddagi “shaklga” degan soʻz “namuna va tavsifga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Maxsus oʻquv kurslaridagi oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, koʻpi bilan 15 nafargacha tinglovchilardan shakllantirilgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.”.
4. 6 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Mediatorlarni tayyorlash dasturi quyidagi mavzularni qamrab olishi kerak:
mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari;
mediatorning kasbiy koʻnikmalari, etikasi va javobgarligi;
muzokaralar mediatsiyaning asosi sifatida;
mediatsiya bosqichlari va unda mediatorning roli va funksiyalari;
mediatsiyada taraflar vakillarining ishtiroki va ularning maqomi;
mediatsiya jarayoni;
mediatsiya jarayonining natijasi va u bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish;
oilaviy, mehnat, iqtisodiy va boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya orqali hal etishning oʻziga xos xususiyatlari.”.
6. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Oʻqish jarayonida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot va trening shaklida tashkil etiladi.
Oʻquv mashgʻulotlari tinglovchilarda mediatsiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish koʻnikmasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻqish jarayonida klinik taʼlim, nizoli jarayonlarning imitatsiyasi hamda sayyor mashgʻulotlar qoʻllanilishi mumkin.”.
beshinchi xatboshidagi “modullarni” degan soʻz “mavzularni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Markaz” degan soʻz “Markazlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “modullarni” va “Markazning” degan soʻzlar tegishli ravishda “mavzularni” va “Markazlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Maxsus oʻquv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun Markazlarda uch nafardan iborat tarkibdagi komissiya shakllantiriladi.”.
9. Ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mediatorlarni tayyorlash dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Mediatorlarni tayyorlash dasturiga
ILOVA


‎‎‎Mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursini
‎tugatganligi toʻgʻrisidagi namunaviy
‎SERTIFIKAT

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI
‎YOKI TASHKILOT RAMZINING TASVIRI
(tashkilot nomlanishi)

‎‎Mediatorlarni tayyorlash maxsus oʻquv kursini
‎tugatganligi toʻgrisidagi
‎‎SERTIFIKAT
‎MT № 000000

__________________________________________________________________________________‎‎

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎__________________________________________________________________________________

‎‎(tashkilotning nomi)

‎‎__________________________________________________________________ soatga moʻljallangan

__________________________________________________________________________________‎‎

‎‎(oʻquv kursning nomi)

______________________________________________________________ ‎‎muvaffaqiyatli tamomladi.‎‎

Rahbar: __________________

Muhr oʻrni‎

‎‎(F.I.O., imzo)

‎‎Sana ____________________

‎‎Qayd raqami № ___________

Mediatorlarni tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi namunaviy sertifikatning tavsifi
Sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida bosib chiqariladi.
Sertifikatda lotin yozuvi bilan davlat tilida “Mediatorlarni tayyorlash maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgrisidagi SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi ― MT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli ― ofset va yuqori usuli;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qogʻozlar;
oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/3134-1/1201-son)