Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
“Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son “Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomning
muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.