toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi O‘RQ-610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 15-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-iyuldagi 144 (395)-sonida e’lon qilingan.
2. Ushbu Qonun u kuchga kirgandan keyin yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilguniga qadar ushbu Qonunga zid bo‘lmagan amaldagi qonun hujjatlari qo‘llanaveradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti haqidagi hamda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma haqidagi nizomlar tasdiqlangunga va ularning namunalari tayyorlangunga qadar mavjud hujjatlar amalda bo‘laveradi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin;
ushbu Qonunga zid bo‘lmagan idoraviy normativ hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi haqidagi nizomlarni tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar berishga doir 5- va 42-moddalarning bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
633-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 339-modda)