Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 1992-yil 18-avgustdagi qarorida Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining samarasiz faoliyati chuqur tahlil qilingan.
Shu dalillarga qoʻshilib, Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, xalq xoʻjaligini boshqarishning muhim sohalarini mustahkamlash maqsadida istiqbolli kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarmadi. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi uchun juda zarur boʻlgan diplomatiya xizmati, amaliy sotsiologiya, xalqaro jurnalistika sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash hozirga qadar boshlangan emas.
Vazirliklar va idoralar, hokimliklar, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash, respublikaning siyosiy va iqtisodiy suvereniteti, iqtisodiy-huquqiy boshqarish va bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik munosabatlarini tartibga solish muammolari, bugungi kunning asosiy muammolaridan biri boʻlgan millatlararo munosabatlar muammolari, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish istiqbolini belgilash masalalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish boshlab yuborilgan emas.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Siyosatshunoslik va boshqaruv institutini tugatish haqida 1992-yil 18-avgustdagi taklifi qabul qilinsin.
2. Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti 1992-yilning 15-sentabridan tugatilsin va amaldagi konunchilikka muvofiq uni tugatish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlar koʻrish taʼminlansin.
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tugatiladigan Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti talabalari va tinglovchilari kontingentini 10 kun muddat ichida respublika oliy oʻquv yurtlarining tegishli fakultetlariga va boʻlimlariga taqsimlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi mutaxassislar tayyorlash rejasiga va budjetga oʻzgartishlar kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining koʻrsatib oʻtilgan qaroriga koʻra tugatish komissiyasi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim majmui zimmasiga yuklatilsin.