Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (roʻyxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasi
11-bandidagi “Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi” degan soʻzlar “Sudyalar oliy maktabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.