1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Buxoro viloyatida ichimlik suvi taʼminoti tizimining barqaror ishlashi ishonchliligini taʼminlash, viloyatning shahar va tumanlarida aholi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, shuningdek, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) 2019-yil 2-iyulda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (keyingi oʻrinlarda — OIIB) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 385,12 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz berilishi maʼqullanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
OIIB qarzi — 385,12 mln AQSH dollarini;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 7 yilni (2020 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, OIIBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydigan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
investitsiya davrida foizlar, zaxiraga olish uchun vositachilik haqi hamda bir martalik vositachilik haqi koʻrinishidagi moliyaviy xarajatlarni toʻlash OIIB ning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
3. Quyidagilar:
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OIIB bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini;
Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining “Buxoro suv taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Buxoro suv taʼminot” MCHJ) oʻrtasida OIIB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Qarz bitimini ishlab chiqishda investitsiya davri va kafolat muddatida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlar toʻlashdan ozod etishni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OIIB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi zimmasiga “Buxoro suv taʼminot” MCHJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq OIIB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlab borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
ichimlik suvi quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari hamda inshootlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2024-yildan boshlab Buxoro viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OIIB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun “Buxoro suv taʼminot” MCHJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari bilan bir qatorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
482-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 482-son qaroriga 1-ILOVA
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
Oʻzbekiston Respublikasi hissasi (soliq va bojxona imtiyozlari shaklida)
1.
Loyihaning umumiy qiymati
ming. AQSH doll. ekv.
437 620,24
385 116,57
52 503,67
2.
Kapital qoʻyilmalar qiymati hammasi
ming. AQSH doll. ekv.
369 509,53
369 509,53
shu jumladan:
2.1.
Tovar va xizmatlar
ming. AQSH doll. ekv.
322 579,08
322 579,08
shundan:
Qurilish-taʼmirlash ishlari
ming. AQSH doll. ekv.
274 642,54
274 642,54
Mashina va uskunalar
ming. AQSH doll. ekv.
47 936,54
47 936,54
2.2.
Boshqa xarajatlar
ming. AQSH doll. ekv.
28 558,85
28 558,85
shundan:
Loyihalashtirish, loyihani boshqarish va qurilish ishlari nazorati boʻyicha maslahatchining xizmatlari
ming. AQSH doll. ekv.
5 200,00
5 200,00
Loyihani muvofiqlashtirish guruhi xarajatlari
ming. AQSH doll. ekv.
1 113,46
1 113,46
Buyurtmachining boshqa xarajatlari
ming. AQSH doll. ekv.
22 245,39
22 245,39
2.3.
Loyiha boʻyicha koʻzda tutilmagan xarajatlar
ming. AQSH doll. ekv.
18 371,60
18 371,60
3.
Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar
ming. AQSH doll. ekv.
15 607,04
15 607,04
4.
Soliq va bojxona imtiyozlari
ming. AQSH doll. ekv.
52 503,67
52 503,67
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 482-son qaroriga 2-ILOVA
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash
6 oylik LIBOR + oʻzgarmas qatʼiy belgilangan foiz stavkasi
Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi
0,25% oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan
Bir martalik vositachilik haqi
0,25% umumiy qarz miqdoridan
(ming AQSH doll.)
Yillar
Toʻlanadigan foizlar
Zaxiraga olish uchun vositachilik haqi
Bir martalik vositachilik haqi
Asosiy qarz qaytarish
Jami qaytariladigan mablagʻ
15.04.2020
0,00
481,40
962,79
15.10.2020
104,71
472,81
15.04.2021
230,17
462,43
15.10.2021
671,02
426,39
15.04.2022
1 106,29
390,22
15.10.2022
2 107,08
308,68
15.04.2023
3 090,89
226,65
15.10.2023
4 448,76
116,74
15.04.2024
5 803,4
5,7
5 809,1
15.10.2024
5 873,0
5 873,0
15.04.2025
5 929,0
9 627,9
15 557,0
15.10.2025
5 904,4
9 627,9
15 532,3
15.04.2026
5 816,0
9 627,9
15 443,9
15.10.2026
5 701,1
9 627,9
15 329,0
15.04.2027
5 523,9
9 627,9
15 151,9
15.10.2027
5 407,5
9 627,9
15 035,4
15.04.2028
5 260,6
9 627,9
14 888,6
15.10.2028
5 113,8
9 627,9
14 741,7
15.04.2029
4 939,9
9 627,9
14 567,8
15.10.2029
4 820,2
9 627,9
14 448,1
15.04.2030
4 647,8
9 627,9
14 275,7
15.10.2030
4 526,5
9 627,9
14 154,4
15.04.2031
4 355,8
9 627,9
13 983,7
15.10.2031
4 232,9
9 627,9
13 860,8
15.04.2032
4 086,0
9 627,9
13 714,0
15.10.2032
3 939,2
9 627,9
13 567,1
15.04.2033
3 771,7
9 627,9
13 399,6
15.10.2033
3 645,6
9 627,9
13 273,5
15.04.2034
3 479,6
9 627,9
13 107,5
15.10.2034
3 351,9
9 627,9
12 979,8
15.04.2035
3 187,6
9 627,9
12 815,5
15.10.2035
3 058,3
9 627,9
12 686,2
15.04.2036
2 911,4
9 627,9
12 539,3
15.10.2036
2 764,6
9 627,9
12 392,5
15.04.2037
2 603,5
9 627,9
12 231,4
15.10.2037
2 471,0
9 627,9
12 098,9
15.04.2038
2 311,4
9 627,9
11 939,3
15.10.2038
2 177,3
9 627,9
11 805,2
15.04.2039
2 019,4
9 627,9
11 647,3
15.10.2039
1 883,7
9 627,9
11 511,6
15.04.2040
1 736,8
9 627,9
11 364,7
15.10.2040
1 590,0
9 627,9
11 217,9
15.04.2041
1 435,3
9 627,9
11 063,2
15.10.2041
1 296,4
9 627,9
10 924,3
15.04.2042
1 143,2
9 627,9
10 771,2
15.10.2042
1 002,7
9 627,9
10 630,6
15.04.2043
851,2
9 627,9
10 479,1
15.10.2043
709,0
9 627,9
10 337,0
15.04.2044
562,2
9 627,9
10 190,1
15.10.2044
415,4
9 627,9
10 043,3
Jami:
154 019,0
2 891,0
962,8
385 116,6
527 382,4
* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
** Hisob-kitoblarni tayyorlash paytida AQSH dollari uchun yillik foiz stavkasi 3,0 % xisoblangan. Bu oxirgi 5 yilda LIBORning oʻrtacha stavkasi 1,6%, unga qoʻshiladigan qatiy belgilangan foiz stavkasi 1,1% hamda ehtimoliy tavakkal 0,3% yigʻindisidan iborat (1,6% + 1,1% +0,3% = 3,0%).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 482-son qaroriga 3-ILOVA
“Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki qarz mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining