Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida barpo etilgan “Suzuk ota” majmuasini soz holda saqlash va undan foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida barpo etilgan “Suzuk ota” majmuasida obodonlashtirish, sunʼiy sugʻorish inshootlari va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini qurish ishlari yakunlanganligi hamda majmuani saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2020-2021-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash roʻyxati
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahar hokimligi 2020-yilda Departamentga ajratilgan qoʻshimcha shtat birliklariga, “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan ajratsin.
4. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab, Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va uni saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti
tuzilmasidagi “Jami xodimlar soni — 274 kishi” soʻzlari “Jami xodimlar soni — 307 kishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
2020-2021-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash