1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA TOʻQIMAChILIK TARMOGʻIGA INVESTITSIYaLAR JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalar jalb etishni yanada ragʻbatlantirish, tarmoq korxonalarini paxta yetishtirish uchun oʻzining ishonchli xomashyosi bazasi mavjud boʻlishi asosida oqilona joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1—4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-noyabrdagi PQ–510-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 454-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi PF-3267-son Farmonida va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari uchun 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrga uzaytirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi PQ-1512-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining aksiyalari paketini yoki mulk komplekslarini sotish faqat potensial xaridorlarda yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadigan Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan maʼqullangan aniq investitsiya majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 262-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 514-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 262-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 514-modda)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-noyabrdagi PQ–510-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 454-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48—50-son, 484-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 33-modda, 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 46-47-son, 454-modda, 48-50-son, 484-modda, 51-52-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda)