|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
|
Hujjat 05.03.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
|
“2. |
Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan: | |
|
a) |
mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan, daʼvo bahosi: | |
| | 1 mln. soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda; |
| | 1 mln. soʻmdan ortiq, 10 mln soʻmgacha boʻlganda | daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida; |
| | 10 mln. soʻmdan ortiq boʻlganda | daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida; |
| | qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan | daʼvo bahosining 1 foizi miqdorida; |
|
b) |
mulkka oid boʻlmagan tusdagi daʼvo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xoʻjaliklarining, xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid boʻlmagan daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
v) |
bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan | eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; |
|
g) |
xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar boʻyicha daʼvo arizalaridan | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida; |
|
d) |
xoʻjalik sudlarining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalardan | birinchi instansiyada koʻrib chiqish uchun ariza berilganda toʻlanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar boʻyicha esa talashilayotgan summadan hisoblar |
|
e) |
xoʻjalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga bin�an xoʻjalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun | hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida.” |