Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni)”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 15-avgustdagi 2018-65-son qarori (roʻyxat raqami 3077, 2018-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 41-son, 821-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“doimiy propiskada turuvchi” degan soʻzlar “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“_____-son davlat notarial idorasi” degan soʻzlar “davlat notarial idorasi notariusi (xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusi) F.I.O.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“80, 176, 191 va 192-moddalari” degan soʻzlar “129, 375, 396 va 397-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
5-ilovadagi “propiskada turuvchi” degan soʻzlar “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.