Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtosidiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 23-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ishtirokchilari boʻlgan davlatlar
roʻyxati (roʻyxat raqami 429, 1998-yil 8-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.