Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xorazm viloyatidagi qand-shakar zavodi qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-oktabrdagi 513-son
qaroriga muvofiq Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “Innovatsiya” xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi tomonidan 1995 - 1996-yillarda “Turk Sheker end Yuksel Inshaat” (Turkiya) konsorsiumiga 26,954 mln. AQSh dollari, shu jumladan:
“Turkeksimbank” krediti hisobidan — 10,564 mln. AQSh dollari;
respublika budjetidan berilgan ssuda hisobidan — 13,39 mln. AQSh dollari;
markazlashtirilgan kredit resurslari hisobidan — 3,0 mln. AQSh dollari miqdorida toʻlov toʻlangan;
b) “Turkeksimbank” va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻrtasida 1992-yil 2-fevralda tuzilgan kredit bitimi doirasida foizlar boʻyicha 0,328 mln. AQSh dollari summasida toʻlovlar amalga oshirilgan;
v) “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga zavodning tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun 186,73 mln. soʻm miqdorida markazlashtirilgan kredit resurslari ajratilgan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Xorazm viloyatidagi qand-shakar zavodi qurilishini bundan buyon mablagʻ bilan taʼminlash “Turkeksimbank” kreditining qolgan qismi (14,436 mln. AQSh dollari), “Turkeksimbank” tomonidan kreditning bir qismini qaytalashtirish (1,574 mln. AQSh dollari), shuningdek markazlashtirilgan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
4. “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga qurilishning yigʻma smetasi ishlab chiqilguniga qadar qand-shakar zavodi qurilishini alohida ish loyihalari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashga ruxsat etilsin.
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Xorazm viloyatidagi qand-shakar zavodi qurilishini Oʻzbekiston Respublikasining 1997, 1998-yillardagi investitsiya dasturiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-oktabrdagi 513-son qarorining
2,
6 va
7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.3. Usmonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.