Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va tranzit yoʻllarining jozibadorligini oshirish hamda Tojikiston Respublikasining avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali oʻtishi uchun yigʻimlar stavkalarini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga Yigʻimlar va ajratmalar
stavkalari I boʻlimining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.