toggle_night_mode
Hujjat 14.07.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-iyul,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-iyuldagi 440-son qaroriga
ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha

1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat (aksionerlik) korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urugʻlarning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita boʻysunishi yoki nazorati ostida boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin boʻlgan xodimlari roʻyxatining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Arxivlar xodimlari, bu muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari va kassirlaridan tashqari, ilmiy muassasalar xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 15-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat arxivlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlarining 50 foizi arxiv xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2020-y., 09/20/440/1066-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)