1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINGANLIGI UChUN YIGʻIM UNDIRIShNI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 13 AVGUSTDAGI 279-SON QARORINI QISMAN OʻZGARTIRISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga soluvchi chora-tadbirlarning taʼsirchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga qoʻmita yuridik shaxs boʻlmagan holda savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga sifati past isteʼmol tovarlari, shuningdek Oʻzbekistonda yetarlicha hajmlarda ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar keltirilayotganligi ustidan sust nazorat qilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi 80-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi 1996-yil 15-noyabrgacha jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinganligi va hisoblangan yigʻimlar summasining budjetga tushishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot bersinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yigʻim undirishni joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi 1996-yil 1-noyabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 21-oktabr,
362-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 10-son, 30-modda)