1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Soʻnggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Oʻzbekistonda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni ragʻbatlantirib borish maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etildi.
Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali ularning bandligini taʼminlash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik gʻoyasi hamda qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash;
iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish;
yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish;
yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablagʻlari ajratish;
oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish;
hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish;
yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish;
iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish;
yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish;
bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish;
Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish;
yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish;
yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash;
koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish;
biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish;
iqtidorli yosh adib, rassom va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.
Belgilansinki, Agentlik Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali amalga oshiradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Dasturda belgilangan tadbirlar, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻliq va sifatli amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli vazirlik idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va samarali amalga oshirilishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish;
Farmon ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Agentlik:
a) 2020-yilda tegishli sohalarga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida respublikaning tuman (shahar)laridagi mahallalarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni koʻrsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarni madaniyat va sanʼatga jalb etish uchun toʻgaraklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari va sport inshootlarida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini tagʻrib qilish maqsadida toʻgaraklar tashkil etish va ularga sport anjomlari yetkazib berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoshlarni qamrab olishga moʻljallangan “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, umumtaʼlim maktablarida axborot texnologiyalari yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan taʼminlash;
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va kutubxonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va toʻqimachilik korxonalarida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlar kesimida ishsiz yoshlar roʻyxatini shakllantirsin hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
“Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tuzish orqali ishsiz yoshlarni haq toʻlanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish;
“Yoshlar qurilish otryadlari”ni tashkil etish va oliy taʼlim muassasalari talabalarini yozgi taʼtil vaqtida haq toʻlanadigan qurilish ishlariga jalb etish;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda asosiy faoliyati quyidagilarga yoʻnaltiriladigan koʻngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin:
tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
g) yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazsin hamda yakuni boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ular yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi:
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi.
loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining:
Jamgʻarmani 2021-yil 1-yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish;
2021-yil 1-yanvardan boshlab “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs mablagʻlari boʻyicha tijorat banklarining Jamgʻarma oldidagi majburiyatlarini Davlat budjeti oldidagi majburiyatlar sifatida qayta rasmiylashtirish va har yili ushbu majburiyatlarning Davlat budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan Agentlikning ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
Jamgʻarma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan daromadlaridan kelib chiqib mustaqil belgilash hamda Jamgʻarmaning tuman (shahar) filiallarini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
8. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va yuqori saviyada amalga oshirish uchun qoʻshimcha daromad manbaalarini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar uchun mablagʻlar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori — yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qoʻllab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joriy etsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini oʻrganib, ularning hal etilishiga koʻmaklashsin, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablagʻlari ajratish.
1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazish.
2. Tanlov natijasiga koʻra:
2020-yilda kamida 10 ta;
2020-yil 1-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln soʻmdan 200 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish.
2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr
2.
Oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.
Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida har yili kamida bir marotaba keng yoshlar davrasida ushbu yoʻnalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.
1. Yoshlarga quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.
2020-yil 1-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)
2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.
Doimiy ravishda
4.
Xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini taʼminlash.
Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics (IOI)xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning:
yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun “Yoshlar oromgohi”da oʻquv bazasi tashkil etish, respublika va xorijlik malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash;
ishtirokini tashkil etish bilan bogʻliq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash.
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
5.
Iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
Fanlarni “aʼlo” va “yaxshi” baholarga oʻzlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari)ni bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
2021-yildan boshlab har yili reja asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
6.
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida bepul oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish.
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda hududlarda kamida 200 ta bepul oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlar oʻtkazish.
1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba
8.
Bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.
Barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.
Reja
asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)
9.
Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.
1. Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish.
2020-yil 1-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sodiqov)
2. Portalda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari va yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish.
Doimiy ravishda
10.
Yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash.
100 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlash.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)
11.
Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.
Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari
12.
Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.
Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.
Har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar
13.
Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.
Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta koʻrgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.
Har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari
14.
Biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish.
Alohida tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish va qoʻllanmalar yaratish.
2021-yildan boshlab doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi,
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.
Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etiladi, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov),
Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov)
16.
Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish.
Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
B.A. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari
O.A. Nazarbekov
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
Sh.X. Shermatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri
I.U. Madjidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
A.V. Shin
—
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri
R.T. Mamatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
T.A. Ishmetov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
N.B. Xusanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
I.Y. Abduraxmonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri
Sh.M. Sodiqov
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
A.X. Kamilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
S.S. Saidkarimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
A.J. Ortiqov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
L.Sh. Qudratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
A.I. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
H.A. Qarshiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari
A.I. Ikramov
—
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
A.U. Akkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
D.M. Saidjonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
M.M. Xodjimatov
—
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
F.F. Abduxoliqov
—
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori
A.V. Nuridinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, xoʻjalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.