Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
uchinchi xatboshi “sinf jurnali” degan soʻzlardan keyin “(bosma yoki elektron)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;