1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi davlat muassasasi hududidagi asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklari hamda devon davriga mansub xalqaro eʼtirof etilgan “Zinzilban” kesmasining geologiya fanida tutgan oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bogʻlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4766/1008-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)