toggle_night_mode
Hujjat 30.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli metallardan oʻlchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda qimmatli metallar bozori faoliyatini reglamentga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3778-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va qambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
412-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyundagi 412-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda ― Markaziy bank) tomonidan muomalaga chiqarilgan oʻlchovli yombilarni (keyingi oʻrinlarda ― yombilar) Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali (keyingi oʻrinlarda ― shaxobcha) sotish va qaytarib sotib olish tartibini belgilaydi.
2. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos keladigan yombilar sotish va qaytarib sotib olish obyekti hisoblanadi.
Ushbu Nizom talablari yuridik (shaxobchalar bundan mustasno) va jismoniy shaxslar oʻrtasida qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni oldi-sotdi qilish operatsiyalariga tatbiq etilmaydi.
3. Yombilarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marja va chegirmani qoʻllash orqali shakllantiriladi.
Bunda Markaziy bank foyda olish maqsadini koʻzlamaydi. Marja va chegirma miqdorlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasi hamda yombilarni muomalaga kiritish bilan bogʻliq xarajatlardan kelib chiqib belgilanadi.
4. Yombilarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish va ulardan qaytarib sotib olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Yombilarni sotadigan va qaytarib sotib oladigan shaxobchalar va ularning manzillari boʻyicha maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytida muntazam yangilab boriladi.
5. Tijorat banklari tomonidan yombilarni sotish va qaytarib sotib olish Markaziy bank hamda tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Yombilarni sotish
6. Yombilar naqd va naqd pulsiz hisob-kitob yoʻli bilan sotiladi.
7. Yombilarni sotish narxi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq har kuni milliy valyutada qimmatbaho metallning Markaziy bank tomonidan belgilanadigan 1 gramm narxi va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marjaga asosan belgilanadi hamda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-bob. Yombilarni qaytarib sotib olish
8. Yombilarni qaytarib sotib olish narxi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qimmatbaho metallning yombilar topshirilgan kunda Markaziy bank tomonidan belgilanadigan 1 gramm narxiga va ushbu narxga qoʻllaniladigan Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan chegirmaga asosan belgilanadi.
Chegirma miqdori but holatdagi yombilarni hamda qadogʻi buzilgan, amaldagi texnik talablarga mos kelmaydigan yombilarni qaytarib sotib olish holatlari uchun alohida belgilanadi.
9. Qadogʻi buzilmagan but holatdagi yombilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida (keyingi oʻrinlarda ― Davlat asillik darajasini belgilash palatasi) texnik ekspertizadan oʻtkazilmasdan qaytarib sotib olinadi va shaxobcha yombi egasi bilan hisob-kitoblarni oʻsha kunning oʻzida amalga oshiradi.
10. Qaytarib sotib olishda qadoqning buzilishi yoki texnik talablarga mos kelmaslik holatlari shaxobchalar tomonidan yombilarni Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborishga asos boʻladi.
Yombilarning asillik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan texnik ekspertiza uchun toʻlov Markaziy bank tomonidan qoplanadi.
11. Texnik ekspertizadan oʻtkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda, yombilarni qaytarib sotib olish uchun topshirgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yombilarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
12. Dalolatnoma uch nusxada tuziladi va ulardan bir nusxasi shaxobchada, ikkinchi nusxasi yombi egasida qoladi hamda uchinchi nusxasi texnik ekspertiza oʻtkazilishi uchun yombilar bilan birga Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etiladi.
13. Yombilar shaxobchalar tomonidan yetti ish kunidan oshmagan muddatda texnik ekspertiza oʻtkazish uchun Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuborilishi kerak.
14. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan yetti ish kunidan oshmagan muddatda texnik ekspertiza oʻtkaziladi, uning natijalari haqida tuzilgan dalolatnoma Markaziy bankka va shaxobchaga taqdim etiladi.
15. Markaziy bank Davlat asillik darajasini belgilash palatasining texnik ekspertiza oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomasini olganidan keyin ushbu yombini qaytarib sotib olgan shaxobcha orqali:
bir ish kunida yombi egasiga ekspertiza natijasi va hisob-kitobni amalga oshirish vaqti toʻgʻrisida xabar beradi;
uch ish kunidan oshmagan muddatda yombi egasi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
4-bob. Yombilarning asillik sertifikati va qadoqlanishi
16. Yombilar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi sertifikat bilan qadoqlangan holda muomalaga chiqariladi. Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega boʻladi va ushbu raqam yombining yuza qismida koʻrsatiladi.
17. Qadogʻi buzilgan yoki qadoqsiz yombilar shaxobcha orqali Markaziy bank tomonidan belgilangan toʻlov asosida qadoqlangan va sertifikat berilgan yombilarga almashtirilishi mumkin. Qadoqlangan va sertifikat berilgan yombilar yigirma ish kuni mobaynida topshirilgan yombini Davlat asillik darajasini belgilash palatasida texnik ekspertizadan oʻtkazish orqali beriladi.
18. Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish narxini
hisoblash
Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
― Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombi uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat (verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi);
V ― qimmatbaho metalldan tayyorlangan oʻlchovli yombining grammdagi ogʻirligi;
PG/UZS ― bir gramm qimmatbaho metallning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan soʻmda belgilangan narxi;
M ― Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan marja miqdori (foizlarda).
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni qaytarib sotib olish narxini
hisoblash
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni qaytarib sotib olish narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
― Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metalldan tayyorlangan oʻlchovli yombini shaxobcha tomonidan qaytarib sotib olish uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat (verguldan soʻng ikki xonaga qadar yaxlitlanadi);
V ― qimmatbaho metalldan tayyorlangan oʻlchovli yombining grammdagi ogʻirligi;
PG/UZS ― bir gramm qimmatbaho metallning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan soʻmda belgilangan narxi;
D ― Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chegirma miqdori (foizlarda).
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni ekspertiza uchun topshirish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA


‎Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan
‎tayyorlangan oʻlchovli yombilarni ‎ekspertiza uchun topshirish toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎______________ (tumani) shahri

‎‎20___ yil “____” _________

‎‎
‎Ushbu dalolatnoma _________________________________________________________

‎‎(shaxobcha nomi)

______________________________________________________________________________________________________

‎‎(xodimning F.I.O.)

‎‎tomonidan rasmiylashtirildi va _____________________________________________

‎‎(yashash joyi yoki roʻyxatdan oʻtgan manzili)

‎‎______________________________________________________________________________________________________
‎‎‎
‎___________________________________________________________________________________________________dan

‎‎(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

‎‎quyidagi qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar ekspertizadan oʻtkazish uchun qabul qilindi:

T/r

Oʻlchovli yombi vazni (grammda) ‎‎

Metall va asillik darajasi ‎‎

Soni
‎(raqamlar va soʻzlar bilan)

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎Men, ____________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

‎‎yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatni tasdiqlayman va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan texnik ekspertiza oʻtkazilishiga rozilik beraman.

‎‎_____________________‎

‎‎________________

(sana)‎

(imzo‎

‎‎Qabul qilib olgan xodim ________________‎______

‎‎________________

(sana)

(imzo)‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 09/20/412/1005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)