1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yanada maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
3. Belgilansinki, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) berish boʻyicha ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari oʻz kuchini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 07/20/4765/1003-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)