toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“TEMIR YO‘L TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1006-sonli “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 29-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1999-yil 6-maydagi 89 (2127)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
767-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y.,5-son, 119-modda)