1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari va Administratsiya faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti tuzilmasi boshqaruv xodimlarining 5 ta shtat birligini qoʻshimcha ajratgan holda 1-ilovaga muvofiq;
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Moliya-xoʻjalik departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha shtat birliklari Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi idoraviy tashkilotlarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga ajratiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Administratsiya) rahbariga Moliya-xoʻjalik departamentining rahbari va rahbarining oʻrinbosaridan tashqari xodimlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasining kuyidagi manzillarda joylashgan bino va inshootlari tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida:
Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 9-uy manzilidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga;
Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy manzilidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga berilsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining moddiy-texnik, shu jumladan binolarning joriy taʼminoti Moliya-xoʻjalik departamentining tegishli xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablagʻlar qayta taqsimlangan holda ularning oʻzlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) sifatida davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
5. Belgilansinki, Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Boshkarma faoliyatini tashkil etish, shuningdek, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUK mehmonxonalar kompleksidan, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida samarali foydalanish boʻyicha qaror qabul qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Xoʻjalik hisobidagi 1-sonli oshxonasi va Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro service” DUK faoliyati tugatilsin.
8. Administratsiya va uning Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeta gʻaznachilik ijrosi tartibi tatbiq etilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
9. Zarur xollarda, Administratsiyaga oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlar importini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Oʻzsanoateksport” AJ va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshirish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
10. Administratsiya Transport qismining avtotransport vositalarini davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yigʻimlar va bojlar toʻlashdan ozod etilsin.
11. Moliya-xoʻjalik departamenti bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Administratsiya rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-dekabr,
PQ-4053-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
3-ILOVA
Moliya-xoʻjalik departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbir nomi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning tuzilmasi va faoliyatini takrorlanuvchi vakolatlar, boʻlinmalar va shtat birliklarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda tahlil qilish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
2.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasini (2003-yil 9-dekabr 1288-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) davlat organlarida, shu jumladan ularning idoraviy tashkilotlaridagi xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar sonini aniqlashning yangi normativlarini kiritish yoʻli bilan takomillashtirish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Hisob palatasi
Moliya vazirligi
3.
Moliya-xoʻjalik departamenti va u tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
4.
Tadbirkorlik subyektlariga Administratsiya bino va inshootlaridan bepul asosda foydalanish huquqini berishni nazarda tutgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish va Administratsiya xodimlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil etish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
5.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
6.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar bino va inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish.
2019-y. yanvar
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Toshkent shahar hokimligi
Moliya-xoʻjalik departamenti
7.
Asosiy kontingent tomonidan foydalanilmayotgan 2-sonli sogʻlomlashtirish pansionatining turar-joy binolarini Administratsiyaning uy-joyga muhtoj boʻlgan boshqaruv xodimlariga taqdim etish tartibini tasdiqlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
8.
“Koʻksaroy” rezidensiyasi, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUKning foydalanilmayotgan turar-joy binolarini oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalar, shuningdek, chet el firma va kompaniyalarining vakillariga pulli asosda taqdim qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganib chiqish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
9.
Transport qismining avtotransport vositalarini xatlovdan oʻtkazib, foydalanish muddati toʻliq tugagan avtotransport vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish va tushumlarni yangi avtotransport vositalari, shuningdek, ularning ehtiyot qismlarini sotib olishga yoʻnaltirish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Hisob palatasi
Moliya vazirligi
10.
Transport qismi parkini yangilash, shu jumladan yuqori klassdagi avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Moliya vazirligi
11.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning shtat birliklari sonini qisqartirgan holda ularning alohida vazifalarini (ketring xizmatlari, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, sovutish va isitish jihozlarini oʻrnatish, hududni koʻkalamzorlashtirish va boshqalar) autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
12.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Administratsiya va Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish:
Transport qismi faoliyatini tashkil etishda avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish tizimidan foydalanish;
Administratsiya xodimlarini tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining takliflari asosida Administratsiya rahbari bilan kelishilgan holda Internet tarmogʻiga ulashni taʼminlash;
Administratsiya binosining nazorat-oʻtkazish rejimini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish;
moliyaviy hisob va hisobotlar uchun “UzASBO” dasturiy kompleksidan foydalanish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Moliya vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
13.
Administratsiya xodimlarining eskirgan (5 yildan ortiq foydalanilayotgan) kompyuter va chop etish texnikalarini bosqichma-bosqich yangilash.
2019-y.
birinchi chorak
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
14.
Administratsiya boshqaruv xodimlarining har birini Qonun hujjatlari milliy maʼlumotlar bazasiga (lex.uz) himoyalangan aloqa kanali (VPN) orqali ulash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Adliya vazirligi
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivi binosini bosqichma-bosqich kapital taʼmirlash.
2019-y.
Moliya-xoʻjalik departamenti
Toshkent shahar hokimligi
Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Respublika budjetining (yagona gʻazna hisobvaragʻidagi) boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozit hisoblariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning 70 foizi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Administratsiya) mulklarini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning qonunchilikda belgilangan miqdordagi qismi;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari va begʻaraz yordamlari;
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida maxsus ochilgan gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamida jamlanadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
5. Jamgʻarma mablagʻlari:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, Administratsiya va uning tarkibiy boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan bino va inshootlarni qurish va taʼmirlash, ularni zarur inventarlar, mebel, kompyuter va orgtexnika bilan taʼminlash, shuningdek, transport vositalarini xarid qilish;
b) Administratsiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun konsalting va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan xorijiy mutaxassislar, konsultantlarni shartnoma asosida jalb qilish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish;
v) Administratsiya xodimlarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi magistratura, doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqishini, shuningdek, malakasini oshirish va amaliyot oʻtashlarini hamda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishlarini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning chet mamlakatlarga yuboriladigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini toʻlash;
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda, Administratsiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish:
tashabbuskorligi va oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganligi hamda mehnat faoliyatidagi yuksak natijalari uchun lavozim maoshining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar;
har yili Administratsiya xodimi faoliyatini yakka tartibda baholash asosida ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;
yubiley sanalari munosabati bilan mukofotlash;
d) uzoq yillik va benuqson xizmati (mehnati) uchun, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorigacha boʻlgan hajmda bir martalik mukofotlash;
e) Administratsiya xodimlarini alohida ehtiyoj yuzaga kelgan hollarda (baxtsiz hodisa, toʻy va boshqa tadbirlar, avariya, uzoq davom etgan kasallik bilan bogʻliq maxsus davolanish va salomatlikni tiklash, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol, boshqa holatlar) moddiy yordam berishni nazarda tutgan holda ijtimoiy himoya qilish;
j) Administratsiya xodimlari uchun turar joylar qurish, shuningdek, uy-joy sotib olishga kreditlar boʻyicha dastlabki toʻlovni amalga oshirish uchun foizsiz qarz berish;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida bayram kunlari munosabati bilan mukofot pullari berish;
i) xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlardan Oʻzbekiston Respublikasiga Administratsiya faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha keladigan mehmonlar va delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etish;
k) respublikaga kelgan va xorijdagi oliy darajadagi mehmonlarga sovgʻa qilish uchun mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotib olish;
6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda yetishmayotgan mablagʻlarni qoplash Administratsiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Berilgan foizsiz qarz oʻz vaqtida qaytarilmagan hollarda uni majburiy undirish qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizomning 5-bandi “g”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha qaror Administratsiya rahbari tomonidan tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining takliflari asosida qabul qilinadi.
9. Jamgʻarma mablagʻlarini sarf qilish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari Administratsiya rahbari, u joyida boʻlmagan vaqtda tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs tomonidan boshqariladi.
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan kelgusi yilda foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash tartibi
11. Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari hajmlarini aniqlashda Jamgʻarma mablagʻlarining oʻtgan yil yakunidagi qoldiqlari va kelgusi yilda kutilayotgan tushumlar inobatga olinadi.
12. Smetaning xarajatlar qismi xarajatlar guruhi boʻyicha tuziladi va unga xarajatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifidagi budjet qismlari boʻyicha batafsil bayoni ilova qilinadi.
13. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Administratsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatga olinadi.
14. Administratsiya rahbari Jamgʻarmaga tushumlarning hajmidan kelib chiqib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan holda Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.