toggle_night_mode
Hujjat 29.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish va ichki bozorning yuqori sifatli metallurgiya mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida:
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi GTQ-2874-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda ― investitsiya loyihasi)ni roʻyobga chiqarish doirasida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ tomonidan:
umumiy qiymati ekvivalentda 233,0 million yevroga teng metallurgiya zavodini batamom tayyor holda qurib berish toʻgʻrisida “MetProm” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalar guruxi tarkibiga kiruvchi “MetPromProyekt” MCHJ bilan 2017-yil 3-maydagi GZRR-1-sonli bosh pudrat shartnomasi tuzilgan;
qurilish, moliyaviy va texnikaviy nazorat funksiyalarini bajarish toʻgʻrisida “SEST Infrastrukturniy Konsalting” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan 2017-yil 15-avgustdagi FGK-17 142-sonli shartnoma tuzilgan;
jami qiymati ekvivalentda 286,7 million yevroga teng investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilgan hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda uning ekspertizasi oʻtkazildi.
2. Quyidagilar:
obyektni 2019-yil dekabrida foydalanishga topshirish muddati belgilangan holda “Toshkent matellurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Toshkent matellurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan buyurtmachilar, loyiha va pudrat tashkilotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJning ekvivalenti 130,0 million yevro miqdoridagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan, xorijiy muassis ― “Metallurgical Technology and Engineering V.V.” (Niderlandiya) kompaniyasining ekvivalenti 65,13 million yevro miqdoridagi hissasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 64,87 million yevro miqdoridagi hissasi;
bank sindikatini tashkil etish orqali “Asaka” ATBni yetakchi bank etib belgilagan holda Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ bilan kredit shartnomalari tuzilgan sanadan boshlab imtiyozli davri 36 oy boʻlgan 10 yil muddatga, foiz stavkasi Euribor 6m plyus yillik 5,25 foizdan oshmaydigan, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi banklarning yillik 0,5 foiz miqdordagi marjasi bilan taqdim etiladigan, “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan 141,56 million yevro miqdoridagi krediti, shu jumladan, “Eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʻurtalash boʻyicha Rossiya agentligi” OAJ (Rossiya Federatsiyasi)ning 11,56 million yevro miqdoridagi mukofoti;
“Asaka” ATBning moliyalashtirish ochilgan sanadan boshlab imtiyozli davri 36 oy boʻlgan yillik 7 foizli foiz stavkasi bilan xorijiy valyutada beriladigan ekvivalenti 15,14 million yevro miqdoridagi krediti.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekenergo” AJning:
““Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJning tashqi elektr taʼminot obyektlari qurilishi” (keyingi oʻrinlarda ― 1 loyiha);
“Toshkent shahar Sirgʻali tumani va unga tutash hududlarning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda ularning energiya taʼminoti obyektlarini qurish” (keyingi oʻrinlarda ― II loyiha) loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
5. Belgilansinki:
I va II loyihalarni roʻyobga chiqarishda moliyalashtirish 68,0 millon. AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan va “Oʻzbekenergo” AJga bosqichma-bosqich ajratiladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davri 2 yil boʻlgan, qayta moliyalashtiradigan bankning 0,25 foiz miqdordagi marjasi qoʻshilgan holda, yillik 2,5 foizli foiz stavkasi bilan taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
I va II loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etilayotgan kreditidan maqsadli foydalanilishida “Oʻzbekenergo” AJ qarz oluvchi va ijro etuvchi javobgar organ hisoblanadi;
I loyihani amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditlarini soʻndirish, foizlar, vositachilik haqi va boshqa harajatlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzbekenergo” AJ, Toshkent shahar hokimligi II loyiha ― “Toshkent shahar Sirgʻali tumani va unga tutash hududlarning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda ularning energiya taʼminoti obyektlarini qurish” loyihasini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditining II loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlari qismida soʻndirish manbalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan, I va II loyihalar qurilishini amalga oshirish uchun jalb etiladigan krediti yuzasidan “Oʻzbekenergo” AJning “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda Davlat kafolatini berishga vakil etib tayinlansin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida shoxobcha temir yoʻl qurilishi, shuningdek, I va II loyihalarni amalga oshirish doirasida ― tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi hududiga tushadigan yer maydonlari olib qoʻyilishi munosabati bilan kompensatsiyalar toʻlash Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Istisno tariqasida:
a) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ― “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga bosh pudrat shartnomasi boʻyicha “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJning talab qilish huquqlari garovini taqdim etilayotgan kreditlarni taʼminlashga qabul qilib, keyinchalik u foydalanishga topshirilgandan soʻng mulkiy kompleks sifatida “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJga garovga topshirishga ruxsat berilsin;
b) I loyihani amalga oshirish doirasida:
“Oʻzbekenergo” AJga ― loyiha oldi hujjatlarini bir bosqichli tartibda texnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish bilan birga keyinchalik uni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazgan holda ishlab chiqishga;
“Oʻzbekenergo” AJga ― 2018-yilning 1-sentabriga qadar loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqish bilan birga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Oʻzbekenergo” AJga ― Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etiladigan kredit mablagʻlaridan I loyiha doirasida tuzilgan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan import kontraktlari, mahalliy mahsulot yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kontraktlar haqini ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish orqali toʻlash uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
10. Quyidagilar:
a) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
2020-yilning 1-yanvarigacha “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ ― yagona soliq toʻlovi, yuridik shaxslarning foyda soligʻi, yer soligʻi va jalb etiladigan xorijiy ishchilarning mehnat haqi fondidan yagona ijtimoiy toʻlovlarni toʻlashdan;
2020-yilning 1-yanvarigacha “MetPromProyekt” MCHJ, “SEST Infrastrukturniy Konsalting” MCHJ va investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi nerezident boʻlgan boshqa yuridik shaxslar ― 2017 hisobot yili foydasidan boshlab yuridik shaxslarning foyda soligʻini hamda yuridik shaxslarning toʻlov manbalaridan oladigan foyda soligʻini toʻlashdan;
2020-yilning 1-yanvarigacha “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJning xorijiy xodimlari ― jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
taqdim etilgan kreditlar boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilgunga qadar ― “Roseksimbank” AJ “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJga takdim etilayotgan, “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtirilayotgan kreditlar boʻyicha olingan vositachilik haqi va boshqa daromadlar boʻyicha koʻrilgan foyda soligʻini toʻlashdan, shuningdek, “Eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʻurtalash boʻyicha Rossiya agentligi” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) ― kreditlarni sugʻurtalash boʻyicha olgan daromadlari soliq toʻlashdan ozod qilinsin;
b) I va II loyihalarni amalga oshirish doirasida “Oʻzbekenergo” AJ va uning qurilish tashkilotlari:
Keyingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda tasdiklanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobiga olib kelinadigan uskunalar, mashinalar, butlovchi buyumlar, materiallar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining maxsus hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishi uchun ajratiladigan yerlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishlok xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiligini qoplashga tovon puli toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturini shakllantirishda “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJga xizmat koʻrsatuvchi oʻt oʻchirish deposini qurish loyihasi belgilangan tartibda unga kiritilishini va u barcha zarur boʻlgan yonqin-texnik uskunalari, zamonaviy texnika bilan markazlashtirilgan investitsiyalarning ajratiladigan limitlari doirasida jihozlanishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Toshkent metallurgiya zavodini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi PQ-2874-sonli qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov va Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3638-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-son qaroriga
1-ILOVA
“Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI

T/r

Koʻrsatkich nomlanishi

Oʻlchov birligi

Jami

Taʼsischilar oʻz mablagʻlari

“Rossiyskiy eksportno-importniy bank” AJ krediti

“Asaka” ATB krediti

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming yevro

326 697,1

147 000,0

164 562,1

15 135,0

2.

Kapital qoʻyimalar qiymati, hammasi

ming yevro

326 697,1

147 000,0

164 562,1

15 135,0

2.1.

shu jumladan:

mashina va uskunalar

ming yevro

118 805,0

68 975,9

49 829,1

-

EKVda

ming yevro

113 665,8

63 836,7

49 829,1

-

milliy valyutada

ming yevro ekv.

5 139,1

5 139,1

-

-

2.2.

qurilish-montaj ishlari

ming yevro ekv.

127 332,0

33 697,4

78 499,6

15 135,0

EKVda

ming yevro

85 332,0

9 251,3

70 128,7

5 952,0

milliy valyutada

ming yevro ekv.

42 000,0

24 446,1

8 370,9

9 183,0

2.3.

investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar*

ming yevro ekv.

24 210,2

10 376,9

13 833,3

-

EKVda

ming yevro

23 627,1

9 793,8

13 833,3

-

milliy valyutada

ming yevro ekv.

583,1

583,1

-

-

2.4.

dastlabki xarajatlar

ming yevro ekv.

33 574,1

33 574,1

-

-

EKVda

ming yevro

16 348,0

16 348,0

-

-

milliy valyutada

ming yevro ekv.

17 226,1

17 226,1

-

-

2.5.

boshqa xarajatlar

ming yevro ekv.

22 775,8

375,8

22 400,0

-

EKVda

ming yevro

17 375,8

375,8

17 000,0

-

milliy valyutada

ming yevro ekv.

5 400,0

-

5 400,0

-

3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati

ming yevro ekv.

-

-

-

-

4.

Korxona quvvati,

shu jumladan:

ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi

500 ming tonna metalloprokat

moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi

100 ming tonna metalloprokat

5.

Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni

672

6.

Oʻzini qoplashning hisob-kitob muddati

8,6 yil

7.

Investitsiya davrining davomiyligi

44 oy

8.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati

268 912,8 ming AQSH ekv.

9.

Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini taqdim etish muddatlari

10 yil

shu jumladan valyutada

10 yil

Izoh:
* Moliyaviy xarajatlar prognozi haqiqiy olingan mablagʻlar qiymati va muddatlari hamda kreditlar taqdim etish shartlariga muvofiq oʻzgarishi mumkin.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-son qaroriga
2-ILOVA
“Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan buyurtmachilar, loyiha va pudrat tashkilotlari
ROʻYXATI

T/r

Obyektlar nomi

Buyurtmachi

Loyiha tashkiloti

Pudrat tashkiloti

Tugatish muddatlari

1.

Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi

“Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ

“MetPromProyekt” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi), “MetProm” kompaniyasi guruhiga tegishli kompaniyalar bilan birga

“MetPromProyekt” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi), “MetProm” kompaniyasi guruhiga tegishli kompaniyalar bilan birga

2019-yil dekabr

2.

Temir yoʻl liniyalarini olib borilishi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

“Toshtemiryoʻlloyiha” MCHJ

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qurilish boʻlinmalari

2018-yil iyul

3.

Tashqi elektr taʼminoti obyektlari va podstansiyalar qurilishi

“Oʻzbekenergo” AJ

“Sredazenergoset-Proyekt” AJ

“Oʻzbekenergo” AJ qurilish boʻlinmalari

2018-yil sentabr

4.

Tashqi gaz taʼminoti obyektlarini qurilishi

“Oʻztransgaz” AJ

“Oʻzbekneftegaz” AJ loyiha boʻlinmalari

“Oʻztransgaz” AJ qurilish boʻlinmalari

2018-yil iyul

5.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi

“Uyjoykommunxizmat” vazirligi

“Oʻzbekkommunal-Loyixaqurilish” DUK

Savdo tanlovlari natijalariga koʻra

2018-yil iyul

6.

Telekommunikatsiya tarmoqlari qurilishi

“Oʻebektelekom” AK

“Oʻzbektelekom” AK loyiha boʻlinmalari

“Oʻzbektelekom” AK qurilish boʻlinmalari

2018-yil iyul

7.

Avtomashina kirish yoʻllari qurilishi

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

“Yoʻlloyihabyurosi” MCHJ

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi qurilish boʻlinmalari

2018-yil iyul

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Toshkent metallurgiya zavodili qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi PQ-2874-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “2019-yil avgustda” soʻzlari “2019-yil dekabrda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” va “197,8 mln. yevro” soʻzlari tegishlicha “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ” va “ekvivalenti 130 mln. yevro” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “qiymati 278,25 mln. yevroga teng” soʻzlari “qiymati 286,7 mln. yevroga teng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ ustav kapitaliga 99,1 mln. yevroga teng” soʻzlari “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ ustav kapitaliga ekvivalenti 65,13 mln. yevroga teng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) uchinchi xatboshidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ ustav kapitaliga 98,70 mln. yevro miqdorida” soʻzlari “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ ustav kapitaliga 64,87 mln. yevro miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank sindikatini tashkil etish orqali “Asaka” ATBni yetakchi bank etib belgilagan holda Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbank” AJ bilan kredit shartnomalari tuzilgan sanadan boshlab imtiyozli davri 36 oy boʻlgan 10 yil muddatga, foiz stavkasi Euribor 6m plyus yillik 5,25 foizdan oshmaydigan, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi banklarning yillik 0,5 foiz miqdordagi marjasi bilan taqdim etiladigan, “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan 141,56 million yevro miqdoridagi krediti, shu jumladan, “Eksport kreditlari va investitsiyalarini sugʻurtalash boʻyicha Rossiya agentligi” OAJ (Rossiya Federatsiyasi)ning 11,56 million yevro miqdoridagi mukofoti”;
d) quyidagicha mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““Asaka” ATBning moliyalashtirish ochilgan sanadan boshlab imtiyozli davri 36 oy boʻlgan yillik 7 foizli foiz stavkasi bilan xorijiy valyutada beriladigan ekvivalenta 15,14 million yevro miqdoridagi krediti”.
3. 3-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” soʻzlari “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
4. 4- va 5-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 6-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ”.
6. 7-bandida:
a) “a” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJga” soʻzlari “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2017-yil 1-oktabrgacha” soʻzlari “2019-yil 1-dekabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) “Asaka” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga bir qarz oluvchi yoki bir-birlari bilan bogʻlangan qarz oluvchilar guruhiga maksimal darajadagi tavakkalchilik boʻyicha va valyuta pozitsiyasi boʻyicha normativlarni qoʻllamagan holda “Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ bilan kredit shartnomasini tuzish”;
v) “g” kichik bandidagi ““Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” soʻzlari ““Toshkent Metallurgiya Zavodi MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 8-bandining “g” kichik bandida:
a) birinchi xatboshidagi ““Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” soʻzlari ““Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Asakabank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Roseksimbank” AJ (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan kreditlar boʻyicha taʼminlash sifatida taqdim etiladigan garov shartnomalari guvohnomalarini notarial tasdiqlashi uchun toʻlanadigan davlat bojidan”.
8. 9-bandning birinchi xatboshidagi ““Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” soʻzlari ““Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 12-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
10. 13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 18 ― 21-bandlaridagi ““Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ” soʻzlari ““Toshkent Metallurgiya Zavodi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/20/3638/0885-son; 02.11.2019-y., 07/19/4504/3988-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)