Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish sohasiga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini zarur tovar va xizmat turlari bilan taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish sohasiga ishlab chiqarish va oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, tibbiyot buyumlari savdosini, shu jumladan tibbiy va boshqa xizmat koʻrsatish turlarini tashkillashtirish uchun tadbirkorlik (yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar) subyektlarini koʻshimcha tarzda jalb etish toʻgrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Tadbirkorlik subyektlari yopiq turdagi harbiy shaharchalarda Uzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish faoliyatidan tushgan yalpi tushumdan yagona soliq toʻlovidan 2022-yil 1-yanvargacha ozod etilsin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chikish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son
qaroriga muvofiq tasdiqlangan formali kiyim-bosh namunalari bilan savdo qilish tegishli litsenziya va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.
4. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yopiq turdagi harbiy shaharchalar hududida formali kiyim-boshlar, furnitura va boshka kiyim-kechak buyumlari savdosini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha harbiy qism bilan tuzilgan shartnomaga asosan tegishli litsenziyalarsiz amalga oshiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son
qarorining 3-bandi oltinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy savdo tarmoqlariga qarashli maxsus savdo tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga savdo-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha harbiy qism bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa vakolatli tadbirkorlik subyektlari yopiq turdagi harbiy shaharchalar hududida harbiy formali kiyim-boshlar, furnitura va boshka kiyim-kechak buyumlari savdosini tegishli litsenziyalarsiz amalga oshiradi”.
6. Belgilansinki, ushbu qaror talablari “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasi” davlat unitar korxonasi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga ham tatbiq etiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.